((ru:Новости АК "Уздонмахсулот"))((en:Company News))((uz:"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari))

((uz:Bayram dasturxoniga noz-ne’matlar))

((uz:Bayram dasturxoniga noz-ne’matlar))

Jizzax shahridagi “Markaziy” dehqon bozorida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan savdo yarmarkalari shu kunlarda yanada gavjum. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ta’minotini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan mazkur savdo yarmarkalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulaylik yaratilgan. 100 ga yaqin rastada sarxil mevalar, sabzavot, poliz, go‘sht, sut va sut mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda. Elektron to‘lovni amalga oshirish uchun terminallar o‘rnatilgan. Mahsulotlar Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Jizzax, Zarbdor, Zomin, Forish, Paxtakor tumanlari fermer xo‘jaliklari tomonidan peshma-pesh yetkazib berilmoqda.

((uz:Xizmat ko‘rsatish takomillashmoqda))

((uz:Xizmat ko‘rsatish takomillashmoqda))

Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etilayotgan “Yagona darcha” markazlari 2016-yilning 1-yanvaridan e’tiboran faoliyat boshlaydi. Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

((uz:Bayram yuqori saviyada nishonlanadi))

((uz:Bayram yuqori saviyada nishonlanadi))

Mamlakatimizda yangi yilni katta shod-xurramlik, ahillik va hamjihatlikda kutib olish, joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondidan ma’lum qilishlaricha, Yangi yil bayramini yuqori saviyada, tinch-osoyishta va tartibli o‘tkazish barcha fuqarolarning vazifasi ekanligi va ushbu bayramni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashga doir tavsiyalar joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda aholiga keng tushuntirilmoqda.