Asosiy menu

"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari

Xirmon to‘lib to‘kildi don

Xirmon to‘lib to‘kildi don

“Namangandonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining don qabul qilish maskanlarida ayni pallada ish qizg‘in. Bosh korxona va uning tasarrufidagi To‘raqo‘rg‘on, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy don qabul qilish maskanlarida g‘alla hosilini nobudgarchiliklarsiz qabul qilib olish uchun barcha sharoit yaratilib, yong‘in xavfsizligi ta’minlangan. Joriy yilda 1 ming 214 fermer xo‘jaligi yetkazib bergan g‘alladan 97 ming 253 tonnalik xirmon to‘plash rejalashtirilgan.

Nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi

Nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 96 fermer xo‘jaligi ayni kunlarda g‘alla hosilini Romitan don qabul qilish va urug‘chilik shoxobchasiga peshma-pesh yetkazib bermoqda. Shoxobchada o‘rim-yig‘im mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan. G‘allani saralash uskunalari, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan. Laboratoriyada tahlil ishlari sifatli amalga oshirilmoqda.

Yerdan samarali foydalanib...

Yerdan samarali foydalanib...

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘on” fermer xo‘jaligi 73,7 gektar yerda paxta va g‘alla yetishtiradi. O‘ttizga yaqin ishchi mehnat qilayotgan xo‘jalik 2014-yilda paxtadan 40, g‘alladan 64 sentnerdan hosil olishga erishdi. Daromad hisobidan ekin maydoniga olib keluvchi suv quvurini yotqizish, zovur va drenajlarni tozalash kabi agrotexnik-meliorativ tadbirlar amalga oshirildi. Natijada ekin maydonlarida suv ta’minoti yaxshilanib, hosildorlik yanada ortdi. Joriy yil ham xo‘jalik omilkorlari g‘alladan barakali hosil ko‘tarib, shartnoma majburiyatini ortig‘i bilan bajardi. – Xo‘jalik yumushlaridan bo‘sh vaqtimda tomorqadagi issiqxonamda turli sabzavotlar hamda zaytun, palma, papaya ko‘chatlari yetishtiraman, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Chori Cho‘tpo‘latov. – Har bir qarich yerdan samarali foydalanish farovonlikning muhim omilidir.

Ko‘p tarmoqli xo‘jalik

Ko‘p tarmoqli xo‘jalik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Yoqubboy Ashirov” fermer xo‘jaligi 212 gektar umumiy yer maydoniga ega. Yuzdan ziyod ishchi mehnat qilayotgan xo‘jalik paxta va g‘alladan tashqari bog‘dorchilik, asalarichilik va baliqchilikni ham yo‘lga qo‘ygan. Joriy yilda, shuningdek, “Mang‘it pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan shartnoma asosida 26 quti ipak qurti parvarishlab, 1 tonna 645 kilogramm qimmatbaho xomashyo olishga erishdi. Xo‘jalikda ayni paytda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

“Omadli paxtakor dalasi”da ish qizg‘in

“Omadli paxtakor dalasi”da ish qizg‘in

Andijon tumanidagi “Omadli paxtakor dalasi” fermer xo‘jaligi viloyatda birinchilar qatorida g‘alla bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajardi. O‘tgan yili faoliyat boshlagan xo‘jalik 40 gektar umumiy yer maydoniga ega. 18 gektarli g‘allazorda barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlangan bug‘doydan barkali hosil olindi. Xo‘jalik mirishkorlari g‘o‘za parvarishini ham uyushqoqlik bilan olib bormoqda.

Hosil mo‘l, daromad zo‘r bo‘ladi

Hosil mo‘l, daromad zo‘r bo‘ladi

Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan g‘allani qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish, ekindan bo‘shagan maydonlarni sifatli shudgorlash va keyingi hosilga tayyorlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilda viloyat g‘allakorlari 98 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos “Krasnodar-99”, “Polovchanka”, “Tanya”, “Kroshka” kabi ertapishar va serhosil boshoqli don ekinlarini parvarishlab, mo‘l hosil to‘pladi. Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fermerlik harakatini rivojlantirib, qishloq xo‘jaligini serdaromad sohaga aylantirdi. Bahor injiq kelgan joriy yilda viloyat fermerlari g‘allani ilg‘or agrotexnik usullar asosida parvarishlab, mo‘l hosil to‘plagani bunga yaqqol misol. Ayni paytda yetishtirilgan hosilni tez va sifatli o‘rib-yig‘ib olish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni somondan tozalash, shudgorlash, somon yoqilishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan tez kunlarda yakunlash uchun 141 otryad tashkil etilib, ularga malakali mutaxassislar biriktirilgan. O‘rim kombaynlari, g‘alla tashiydigan mashina va boshqa texnika vositalari mavsumga puxta hozirlanib, yetarli miqdorda ehtiyot qismlar zaxirasi yaratilgan. O‘rim-yig‘im uchun 302 yuqori unumli zamonaviy kombayn jalb etilgan. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hosildan bo‘shagan dalalarni somondan tozalashning ahamiyati, somonni yoqib yuborishning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib bordi. Don qabul qilish shoxobchalari, korxonalar va aholi gavjum joylarga g‘alla maydonlarida somonni yoqib yuborish hamda don mahsulotlarini tashish jarayonida yong‘inning oldini olishga qaratilgan panno va plakatlar o‘rnatildi.

G‘ALLAKORLAR SHAYLANMOQDA

G‘ALLAKORLAR SHAYLANMOQDA

Oxirgi yillarda elni sifatli don va un bilan ta'minlash dehqonlarimiz zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklamoqda. Shu bois, har yili unumdor va serhosil sug‘oriladigan maydonlarda g‘allaning tezpishar va serhosil navlari urug‘i ekilib, yuksak agrotexnika talablari asosida parvarishlanayapti. O‘tgan yilning kuzida ham dehqonlarimiz 98 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda “Kroshka“, “Krasnodar-98“, “Ummanka“ kabi bug‘doyning serhosil navlari urug‘ini ekishgandi. Tadbirkorlik bilan ish yuritgan dehqonlarimiz g‘allazorlarda mo‘l hosil to‘planishiga erishdilar. Dehqon mehri, quyosh qatidan bahra olayotgan boshoqlar peshma-pesh donga to‘layapti. G‘allakorlar parvarishni susaytirmagan holda o‘rim-yig‘im mavsumiga ham puxta hozirlik ko‘rishayapti. Ayni paytda MTP va MMTPlardagi, shuningdek, peshqadam fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi “Keys“ hamda “Klass“ kombaynlari sifatli ta'mirlanib, ishga soz holga keltirildi. “Surxondaryodonmahsulotlari“ va “SHo‘rchidonmahsulotlari“ aksionerlik jamiyatlari hamda tumanlardagi don tayyorlash idoralari don qabul qilishga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rildi.

Unumdorlik oshdi

Unumdorlik oshdi

“Sho‘rchidonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida bankning 7 milliard 545 million so‘mlik krediti hisobidan keng ko‘lamli modernizatsiyalash tadbirlari amalga oshirildi. Pirovardida bu yerda ishlab chiqarilayotgan un va un mahsulotlari sifati tubdan yaxshilandi. — Korxonamiz quvvati deyarli 45 foiz ortib, kuniga 600 tonnagacha bug‘doyni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi, — deydi jamiyat boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bekmirza Xo‘jamqulov. — Yangi dastgohlarning yana bir afzalligi, ularda energiya sarfi juda kam, samaradorlik esa yuqori. E'tiborlisi, ushbu uskunalarni boshqarish ham oson.

Respublika don qabul qilish shaxobchalari mavsumga tayyor

Respublika don qabul qilish shaxobchalari mavsumga tayyor

Joriy yilda davlat resursiga g‘alla qabul qilish tizimining jami 195 ta don qabul qilish maskanlari, shu jumladan 40 ta bosh korxona, 26 ta filial va 129 ta mavsumiy shaxobchalar tomonidan amalga oshiriladi. Tizim korxonalari 2015 yil hosilini qabul qilish uchun shay xolatga keltirildi. Korxonalar va don qabul qilish maskanlaridagi mavjud 193 ta laboratoriyalar, 311 ta avtomobil va temir yo‘l tarozilari davlat nazoratidan o‘tkazildi.