((ru:Новости АК "Уздонмахсулот"))((en:Company News))((uz:"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari))

((uz:O‘rim qizg‘in davom etmoqda))

((uz:O‘rim qizg‘in davom etmoqda))

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida g‘alla hosilini qisqa muddatlarda nest-nobud qilmay o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 6 ming 100 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish uchun 18 kombayn, 40 yuk mashinasi, 10 yoqilg‘i yetkazib beruvchi ko‘chma agregat va 11 ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi jalb etilgan. Yig‘ishtirib olingan hosil qabul qilish shoxobchalariga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.

((uz:“G‘alla – 2016” - PESHQADAMLAR MARRADA))

((uz:“G‘alla – 2016” - PESHQADAMLAR MARRADA))

Tabiatning bebaho ne’matlaridan biri g‘alladir. Dehqonlarimiz uni yetishtirish uchun qishning izg‘irinli, seryog‘in kunlarida ham, yozning jaziramasida ham shirin jonini ayamasdan ter to‘kadi. Mardu maydon bobodehqonlarimiz ayni kunlarda mehnatining samarasini yig‘ib-terib olishayotir. Ular bugun fermer degan zamonaviy nom bilan elimiz dasturxonini to‘kin qilishga o‘zlarining beminnat hissalarini qo‘shishmoqda.

((uz:Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilish ))

((uz:Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini o'z faoliyatiga qabul qilish ))

“O'zdonmahsulot” AK yakka aktsiyador qarorining 2016 yil 24 iyundagi qarori bilan kompaniyaya tomonidan 2016 yil 24 iyundan boshlab Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig'ilishining 2016 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksiga rioya qilish majburiyati qabul qilindi.

((uz:Fermerlar uchun amaliy seminar))

((uz:Fermerlar uchun amaliy seminar))

Bekobod tumanida Toshkent va Sirdaryo viloyatlari fermerlari ishtirokida “O‘zbekiston fermerlari – dunyo e’tirofida” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vakillari, ekspert-mutaxassislar hamda fermerlar ishtirok etdi.

((uz:Sog'lom bola yurt kelajagi))

((uz:Sog'lom bola yurt kelajagi))

Mamlakatimizda ulg'ayib kamol topayotgan yosh avlod ertamiz egasi, yurtimizning porloq kelajagi davomchilari sanaladi. Aynan shuning uchun ularni ham jismonan, ham ma'nan etuk, sog'lom qilib voyaga etkazish masalasiga hukumat darajasida alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yurtimizda 2016 yil “Sog'lom ona va bola yili” deb e'lon qilinib, joriy yil 9 fevralda Davlat dasturi tasdiqlanganligi yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan yuksak e'tibordan dalolatdir. Dasturda “Ona va bola sog'lom bo'lsa, oila baxtli, oila baxtli bo'lsa, jamiyat mustahkam bo'ladi” degan oliy qadriyat va g'oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.

((uz:2016 yil g’alla hosilini sertifikatlashtirishga tayyorgarlik))

((uz:2016 yil g’alla hosilini sertifikatlashtirishga tayyorgarlik))

O’z vaqtida yig’ib olingan g’allani “O’zdonmahsulot” AKning don qabul qilish punktlarida sifatini tekshirgan holda qayta ishlash uchun saqlash va tayyorlashning ahamiyati katta. Bug’doyni tayyorlash va etkazib berish talablari O’z DSt 880:2015 standartida belgilangan. Har bir don qabul qilish punktlarining sinov laboratoriyalari bug’doyni sinash, saqlash va tayyorlash uchun qo’llanma va yo’riqnomalariga ega. Bunga ko’ra sinovlarda foydalaniladigan o’lchov vositalari va sinov uskunalari o’z vaqtida davlat metrologik qiyoslovidan o’tkazilgan bo’lishi zarur.

((uz:Keksalarni e'zozlash oliy qadriyat))

((uz:Keksalarni e'zozlash oliy qadriyat))

Mamlakatimizda tinchlik yo'lida jonini xatarga qo'yib, urushning suronli yo'llarini bosib o'tgan urush qatnashchilari, front orti mehnat faxriylariga e'zoz va ehtirom ko'rsatilib har yilning 9 may sanasi Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Yurtimizda azal-azaldan qariyalarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lish, ularni hamisha e'zozlash qadriyat sanaladi. Yoshi ulug' otaxon-u onaxonlarimizning bergan pand-nasihatlari, qilgan duolari bizni hamisha yaxshilikka undaydi.