Asosiy menu

Qashqadaryo viloyatida g‘alla topshirish qizg‘in davom ettmoqda

Joriy yil hosili uchun viloyat fermerlari 143 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos «Yaksart», «Grom», «Tanya», «Krasnodar – 99», «Bunyodkor», «Turkiston» singari erta pishar va serhosil g‘alla navlarini yetishtirishdi. Ekinlarni zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinishi samarasida boshoqlar bo‘liqligi ta’minlanib, kutilgan hosil yetishtirildi. Hosilni rivojlanishida tajribali mirishkorlar maslahati asosida ish yuritilgani, suvdan tejab, oqilona foydalanilgani va mahalliy, mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirilib, zamonaviy texnologiyalar asosida parvarishlangani yutuqlar omili bo‘ldi.
Viloyatda o‘rim-yig‘imga alohida hozirlik ko‘rilib, barcha yumushlar uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Mavjud g‘alla maydonlari mavsumga puxta tayyorlanib, 480 otryadga mavjud kombaynlar biriktirildi. Katta mehnat evaziga yetishtirilgan donni nes-nobud qilmay qabul punktlariga tashish uchun 2 ming 300 dan ortiq texnika jalb etildi.
Viloyat mirishkorlari rejaga qo‘shimcha g‘alla topshirishni maqsad qilishgan.
Shartnoma rejasining qisqa kunlarda ortig‘i bilan bajarilishiga Mirishkor, Kasbi, Muborak, Kitob kabi tumanlar fermerlari ayniqsa jonbozlik ko‘rsatib, salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Viloyatda g‘alla yig‘ishtirib olinmagan maydonlarda o‘rim-yig‘im qizg‘in davom ettirilib, g‘allazorlarda kombaynlar to‘la quvvat bilan ishlamoqda.