Asosiy menu

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Bugun soat 10.00 da Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi ochiq, deb e’lon qilindi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining qator qonunlari muhokamasi, Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek, Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar o‘rin olgan.

Yalpi majlisda ayni paytda senatorlar kun tartibidagi birinchi masala – “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqmoqda.

UzA