Asosiy menu

Xavfsizlik va ogohlik - barakali hosil garovi!

         Serquyosh o'lkamizning bepoyon dalalarida ayni qizg'in mehnat pallasi. Xalqimiz dasturxoni to'kinligi yo'lida ezgu niyat bilan qadalgan bug'doy bugun erdan bosh ko'tarib hosilga kirgan boshoqlar bo'y ko'rsatmoqda. Bu esa, o'z navbatida g'alla yig'im- terim mavsumi tayyorganligini yanada kuchaytirish, sanoat xavfsizligi masalasining birinchi navbatda yo'lga qo'yilishini taqazo etadi. Mavsumning uyushqoqlik bilan samarali o'tkazilishida o'z vaqtida va puxta olib borilgan texnik tayyorgarlik va turli xavf-xatar hamda favqulodda holatlarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
        O'zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi «G'alla-Alteg» AJda O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining Donni saqlash va qayta ishlashda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarish sexlari, filiali va barcha don qabul qilish shaxobchalarining mavsumga tayyorgarlik ishlarining olib borilishini nazorat qilish yuzasidan joylarda profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
        Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 sentyabrdagi «2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don etishtirishning prognoz xajmlari to'g'risida»gi 775-son qaroriga asosan tashkil etilgan mazkur tadbir don qabul qilish jarayonini namunali o'tkazilishi, ishning to'g'ri tashkil etili hamda ishchi-xodimlarning mehnati unumdorligi ta'minlanib ularga qulaylik yaratilishi bilan ham ahamiyatlidir.
       Qayd etish lozimki, o'tkazilgan profilaktik tadbirlar natijalari yuzasidan korxona rahbari va xodimlarning mavsum oldidan sanoat xavfsizligini ta'minlash va favulodda holatlarni oldini olish borasidagi tushunchalarini yanada boyitish maqsadida «2019 yil boshoqli don ekinlarini joylashtirishda don qabul qilish shaxobchalarini mavsumga tayyorgarlida sanoat xavfsizligiga rioya etilishi» mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasining Donni saqlash va qayta ishlashda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig'i muovini Moldabaev Sherzod Normuxamatovich so'zga chiqib mavzu yuzasidan tegishli ma'lumotlar berdi.
       Tadbirda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasining 2006 yil 28 sentyabrdagi «Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarining sanoat xavfsizligi to'g'risida» gi 57-sonli Qonuni hamda qonun osti xujjatlari talablariga rioya etgan holda g'alla yig'im-terim mavsumi va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish hamda mavjud texnika va texnologiyalardan o'rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilgan holda foydalanilish orqali xodimlarning jarohat olishi, yong'in, va avariyalar, baxtsiz xodisalar kabi turli ko'ngilsiz holatlarning sodir bo'lishi oldi olinishiga erishiladi. Bu kabi amaliy ishlar mavsum samaradorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
      Qonun doirasida faoliyat yuritilib xavfsizlikning ta'minlanishi nafaqat bir korxona yoki tashkilot balki jamiyat rivojiga xizmat qilib, soha taraqqiyotini ta'minlashda muhim hissa qo'shadi. Zero yurtimizda har bir xonadonning barakasi, dasturxoni to'kinligi elimiz xirmoniga, dalalarda quloch yozgan g'alla hosilining nes-nobud qilmay yig'ib olinishiga bog'liq.


Axborot xizmati.