Asosiy menu

Ulkan loyihalar - taqqiyot sari

     O‘zbekning dasturxoni fayzi non bilan. Biror kun, biror joyda bu aziz nematsiz dasturxon yozilganini uchratmaysiz. Mehmon kelsa ham hech bo‘lmaganda ikkita non ko‘tarib e mahsulotlariga nisbatan yurtimizda talab yuqori ekanini ko‘rsatadi. Shu bois bugun «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 44 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibida esa 58 ta un ishlab chiqaruvchi tegirmon, 101 ta non sexi, 49 ta makaron, 48 ta omuxta yem, 12 ta yorma va 67 ta urug‘lik don tayyorlash sexlari mavjud. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning salmog‘i va sifatini oshirish maqsadida yuqori texnalogiya hamda investitsiyalar jalb qilinmoqda. «Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari» AJ ham shular jumlasidan.
     Ayni paytda korxona tarkibida sutkalik quvvati 225 tonnalik 1ta tegirmon, don saqlash uchun 1 ta elevator, yillik quvvati 44 469 tonnalik 1 ta omuxta-yem sexi, sutkalik quvvati 6 tonnalik 2 ta non sexi, shuningdek bittadan makaron, urug‘lik saqlash, mexanika, polipropilen kop ishlab chiqarish kabi sexlari mavjud. Ularda 500 nafardan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda. 
     1981 yilda tashkil topgan mazkur korxona bugungi kungacha bosqichma bosqich modernizatsiya qilinib, yangi uskunalar bilan jihozlanmoqda. Birgina 2016 yilda Tegirmon sexning modernizatsiya qilish loyihasi uchun investitsiya kiritilgan. Ushbu loyiha Turkiyaning sutkasiga 300 tonna don qayta ishlash quvvatiga ega zamonaviy energiya tejovchi texnologiya asosida qayta jixozlandi. Natijada korxonada ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi ortib, elektr energiyasi sarfi 1 tonna mahsulot uchun 30 KV soatga kamayishiga erishildi. 
    Bundan tashqari, 2017 yil urug‘lik don tayyorlash sexi modernizatsiya loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur loyihaga uchun investitsiya kiritildi. Ushbu loyihaga asosan Germaniyaningning «PETKUS Technologie GMBH» korxonasida ishlab chiqarilgan urug‘lik don tayyorlash sexining texnalogik uskunalari bilan qayta jihozlandi. Yangi urug‘ tayyorlash sexi soatiga 12 tonna saralangan urug‘lik don tayyorlash quvvatiga ega. Qabul qilib olingan urug‘lik materiallaridan sifat ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib 85 foizdan - 94 foizgacha sara urug‘ olinadi. 
     Urug‘lik sexi o‘z labaratoriyasiga ega bo‘lib, labarotoriya xodimlari tomonidan tayyorlangan urug‘lik donining sifati doimiy nazorat qilib boriladi. 
    2018 yilda korxona tomonidan ishlab chiqariladigan unni qadoqlash uchun doimiy zarur bo‘ladigan polipropilin qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sex qurib ishga tushirildi. Mazkur loyiha uchun Tayvan texnologiyasi asosidagi ukunalar o‘rnatilib investitsiya kiritildi. Korxona oyiga 500 ming dona, yiliga 6 mln dona polipropilin qop ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ushbu loyiha asosida nafaqat «Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari» AJ ehtiyoji uchun, balki «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi boshqa krxonalar uchun ham qop yetkazib kelmoqda. 
     Jamiyatga Uchqo‘rg‘on, Uychi, Norin va chortoq tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklaridan tovar don xamda urug‘lik don qabul qilib olinadi. Avtotransport vositalarida olib kelingan donlarning miqdori elektron tarozilarda inson omili ishtirokisiz tortib aniqlanadi hamda qabul qilingan don va don tashuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn tarzda foydalanuvchilarga yetkaziladi. 
     Shu tariqa xalqimiz dasturxoniga sifatli mahsulotlar tortiq qilinmoqda. Korxonada buning uchun uzluksiz faoliyat samaradorligini oshirish va takomillashtirishga e’tibor qaratilyapdi. Bu esa o‘z navbatida ham hamyonbopligi va sifati bilan aholimizni mamnun qilayotgan bo‘lsa ajab emas. 


     Axborot xizmati.