Asosiy menu

Bekobod tumani g'alla topshirish rejasini bajardi

Toshkent viloyati Bekobod tumani fermer xo'jaliklari tomonidan 14500 ga maydonlarga g'alla ekilib, mo'l hosil olindi.
O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 15 sentabridagi PP-3281 sonli qaroriga asosan, davlatga sotilishi belgilangan hosilni, Bekobodliklar ortig'i bilan bajarishdi.
Dalalarga «Grom», «Gratsiya», «Krasnodar», «Tanya» navlari ekildi. Eng yaxshi hosildorlik «Grom» navli bug'doydan olindi.
Ayni paytda, Bekobod tumanida bug'doy o'rimi davom etmoqda. Yana qo'shimcha bug'doy topshirish mo'ljallanmoqda.