Asosiy menu

“Farg‘onadonmahsulotlari” AJda g‘alla yig‘im-terim mavsumi

«O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi «Farg‘onadonmahsulotlari» Aksiyadorlik jamiyatida g‘alla hosilini qabul qilish jarayoni uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-sonli qaroriga asosan, korxonada mavsum oldidan obodonlashtirish ishlari olib borilgan. 
Korxonaga g‘alla yuklangan transport vositasi kelishi bilan mahsulot labaratoriya ko‘rigidan o‘tkazilib, elektron taroziga keladi. Don qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta'minlash, fermerlarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn dastur tashkil etilgan. Bu eng avvalo vaqtni tejashga xizmat qilmoqda. Bir daqiqa ichida texnika ichkariga kirib don qabul qilinishi bilan bir daqiqada yana chiqib ketish imkoniyati yuzaga kelmoqda. Olib kelingan g‘alla miqdori elektron ko‘rsatkich orqali tashqarida ham ko‘rinib turibdi bu juda samarali bo‘lmoqda.
Viloyat g‘allakorlari va fermerlarining zahmatli mehnatlari, «Farg‘onadonmahsulotlari» Aksiyadorlik jamiyati mutasaddilarining sa'y-harakatlari samarasi o‘laroq, yaqin kunlarda 2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish bo‘yicha shartnomaviy rejalarni yuqori ko‘rsatkichlar bilan bajarishga bel bog‘lashgan.
Respublikamizning barcha hududlarida g‘alla hosini yig‘im-terim jarayoni jadal davom etmoqda.

Axborot xizmati.