Asosiy menu

Yong‘inni oldini olish uni o‘chirishdan oson

«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv apparati xodimlari ishtirokida yong‘in xavfsizligi va unga rioya qilish mezonlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirobod tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i va mutaxassislari ishtirok edilar .
Bugungi kunda respublikamiz hududida aniqlangan yong‘in hodisalari to‘g‘risida statistik ma'lumotlar keltirilib, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ushbu hodisalarni oldini olish hamda yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish nechog‘lik muhim ekanligi seminarda so‘zga chiqqan mutaxasislar tomonidan ta'kidlab o‘tildi.
Tadbir davomida kompaniya xodimlari elektr uskunalaridan foydalanish tartibi, yong‘in kelib chiqishini oldini olish hamda yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etishning eng asosiy qoidalari hamda o‘t o‘chirish moslamalaridan lozim bo‘lganda oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida tushuntish olib borish bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi.
Ta'kidlash lozimki, tadbir so‘ngida ishtirokchilarga yurtimizda va xorijda ro‘y bergan mudxish yong‘in xodisalari, ularni kelib chiqish sababi va oqibatlari aks etgan videolavha namoyish etildi.
Axborot xizmati.