Asosiy menu

Ish unumdorligi ortib bormoqda

Yurtimizda inson manfaatlari uning tinch-osuda farovon umr kechirishi eng dolzarb masala hisoblanib, amalga oshirilayotgan ulkan loyihalar, islohotlarning negizini tashkil qiladi. Ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, faxriylarni manfaatlari himoya qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ustuvor vazifa sanaladi.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibdagi tizim korxonalarida ushbu mexanizm faol yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, kuni kecha “Bag‘doddonmahsulotlari” AJ tomonidan Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan 5 nafar ayollarnining bandligini ta’minlash maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari beminnat hadya qilindi. Shuningdek, 16 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik aravachalari olib berildi.
Bugungi kunda korxonada 500 dan ortiq ishchi xodimlar ahil-inoqlikda mehnat qilib kelishmoqda. Ularning manfaatlarini himoya qilishhamda zarur shart sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, ishchilarga maxsus avtobuslar ajratilib, ularning manziliga xavfsiz eson-omon yetkazilishi nazorat qilinmoqda.
Korxonada uzoq yillar mehnat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning holidan bayramlar arafasida xabar olib birinchi navli un mahsulotlarini tarqatish an’ana tusini olgan.
Ishchi xodimlarga ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy rag‘bat ish unumdorligi oshishida o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy. “Bag‘doddonmahsulotlari” AJ da ham yildan yilga donni qayta ishlash, un, non va non mahsulotlari, makaron kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishda yildan yilga yuqori sifat va samaradorlikka erishilmoqda. Birgina 2017 yil misolida nazar tashlaydigan bo‘lsak, un ishlab chiqarishda 2016 yilga nisbatan 107,1 foiz natijaga erishildi. Non mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 144,0 foizga o‘sdi.
Yurt ravnaqi, uning ertasi, xalqimiz farovon turmushi yo‘lida xizmat qilish, uning manfaati uchun kurashib, taraqqiyotiga hissa qo‘shish har birimizning oliy maqsadimizdir. Mana shunday egu niyatni diliga tugib mehnat qilayotgan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi barcha fidoyi ishchi xodimlarga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Axborot xizmati.