Asosiy menu

Media tur tashkil etildi

«O‘zdonmahsulot» AK tomonidan kompaniya tarkibidagi «Ohangaron don» AJda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media tur tashkil etildi. Unda jurnalistlarga korxona tarixi, taraqqiyoti va bugungi kundagi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.
Korxonada 2 ta tegirmon, omixta yem, makaron, urug‘lik bug‘doy tayyorlash sexlari shuningdek, 2 ta don qabul qilish va uni saqlash uchun mo‘ljallangan elevator faoliyat yuritadi.
Qayd etish joizki, jurnalistlar media tur mobaynida ekstruderlangan omixta yem sexi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur sex joriy yilning mart oyida ishga tushirilgan bo‘lib, Rossiya davlatining «A-injiniring» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Ekstruder-YES-1250 texnologiyasi yordamida mahsulot tayyorlanadi. Natijada uning samaradorligi ortib, 85-90 foiz hazm bo‘ladi. Chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, cho‘chqachilik kabi xo‘jaliklar uchun mo‘ljallangan mahsulotning tarkibi ixtisoslikning o‘ziga xos chususiyatlaridan kelib chiqib tayyorlanadi va foydali qo‘shimchalar bilan boyitiladi. Sexda kuniga 19 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Korxona mutaxassislarining ta'kidlashicha, mahsulotning oddiy omixta yemga nisbatan samaradorligi 20-25 foiz yuqori.
Korxonada 500 dan ortiq 35 xildagi kasb egalari xizmat qilib kelmoqda. Xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida ularni manziliga yetkazib ko‘yishga mo‘ljallangan maxsus avtobuslar tashkil etilgan. Ishchilarga har kuni bepul sut va issiq ovqat beriladi.
Shuningdek, «Ohangaron don» AJda issiqxona va chorvachilikka mo‘ljallangan fermer xo‘jaligi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Kelgusida korxonada ko‘plab yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Sutni qayta ishlash sexi va sholini qayta ishlash sexini qurib ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Media tur davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga korxona mutasaddilari tomonidan batafsil javob oldilar.




Axborot xizmati.