Asosiy menu

Mavsum taraddudi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilda qishloq xo‘jalik ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-sonli qaroriga asosan «Ozdonmahsulot» AK tarkibidagi tizim korxonalariga qarashli don dabul qilish shaxobchalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, «Navoiydonmahsulotlari»AJ don qabul qilish shaxobchalarida moddiy texnik bazasini mustahkamlash va uni mavsumga tayyorlar ishlari rejaga muvofik, izchil olib borilmoqda.
Korxonalar don qabul qilish maskanlaridagi bino va inshootlar, don ortish, tushirish, tozalash texnikalari, urug‘lik sexlarini joriy va kapital ta'mirlash, qo‘shimcha yopiq sig‘imlar qurish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilib, olib borilayotgan sa'y harakatlar natijasida sezilarli o‘zgarishlar va yangilanishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, mavsumda zarur bo‘ladigan ehtiyot qismlar, dastgohlar, elektr dvigatellari va boshqa kerakli jihozlarning zahirasi tayyorlandi.
Ta'kidlash lozimki, obodonlashtirish tadbirlari don qabul qilish shaxobalarida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda va joriy yilning 1 may sanasiga qadar davom etadi.



Axborot xizmati.