Asosiy menu

Ochiq muloqotlar samarali tashkil etildi

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi “Buxorodonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati raisi va korxonada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlar ongida turli yot g‘oyalarga qarshi immunitet shakllantirish va ularning ma'naviyatini oshirish, kitobxonlikka keng jalb qilish, professional salohiyatini oshirish, xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda soha faoliyatiga doir ilg‘or tajribalarni faol o‘zlashtirish maqsadida ingliz tili kurslarini joriy qilish masalalariga bag‘ishlangan ushbu tadbir yosh xodimlarning fikri, muammolari va takliflarini tinglash va qo‘llab-quvvatlashga keng imkon yaratdi.
Ochiq muloqotni korxona raisi Yu.To‘rayev kirish so‘zi bilan ochib yoshlar uchun qilingan har qanday sa'y-harakat kelajak uchun qo‘yilgan mustahkam poydevor singari o‘z samarasini berishi, yurtimizda yoshlar masalasining siyosat darajasida ustivor qo‘yilishi ham bejizga emasligi alohida qayd etildi. “Buxorodonmahsulotlari” AJ yoshlariga yuksak ishonch bildirilib, ularning kelajakda yetuk kadrlar qilib tarbiyalash va ularning ma'naviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilishini aytdi.
“O‘zdonmahsulot” AK tizimida 2018 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ga muvofiq korxonada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Yetakchilar kengashi raisi M.Bahriddinovaning hisoboti tinglandi. Shuningdek kelgusida yoshlarni ijtimoiy-ma'naviy salohiyatini oshirish, ularning ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish masalalari ko‘zda tutilayotgan kelgusidagi loyihalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi.
Tadbirda shuningdek, korxona yoshlarini mutolaa zavqidan bahramand qilish va kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida “Mutolaa xonasi” tashkil etilganligi yoshlar tomonidan iliq qarshi olindi. “Mutolaa xonasi” fondidan joy olgan adabiyotlar bilan yoshlar bevosita tanishdilar.
Muloqotlar samimiy ruhda o‘tkazilib, unda yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar qo‘llab-quvvatlanib, savollarga to‘liq javob berildi.

Axborot xizmati.