Asosiy menu

“Jomboy don mahsulotlari”AJ yoshlari bo‘sh vaqti mazmunli o‘tadi

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi “Jomboy don mahsulotlari”AJ da yoshlarning ma'niviyatini oshirish, ularni kitobxonlikka jalb etish, bo‘ vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. “O‘zdonmahsulot” AK va tarkibdagi tizim korxonalarida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ga asosan korxonada mehnat qilayotgan yosh ishchi-xodimlarning ongida turli yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularning ma'naviyatini oshirish, kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida ma'naviyat va ma'rifat tashkilotchilari ko‘magida "Mutolaa xonasi" tashkil qilindi. Mazkur xonada ko‘pgina yangi kitoblar, jumladan, huquqiy va siyosiy adabiyotlar, Prezident asarlari, tarixiy, psixologik, janrdagi hamda badiiy adabiyotgan joy oldi. Shuningdek yoshlarning qiziqishiga ko‘ra, davriy nashrlar gazeta va jurnallarni mutolla qilishga mo‘ljallangan burchak ham tashkil etildi.
14 fevral kuni korxonada "Mutolaa xonasi" ning ochilib yoshlar ixtiyoriga topshirilishi va yoshlar o‘rtasida buyuk siymolar, ajdodlar va davlat arboblari merosini asrab avaylash maqsadida ularning tavallud ayyomlarini nishonlashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Jahon adabiyoti hazinasini o‘zining bebaho me'rosi ila boyitgan xalqimizning ikki buyuk siymosi - Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi sanalariga bag‘ishlangan “Sheriyat daholari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda buyuk bobokalonlarimiz asarlaridagi ezgu g‘oyalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy qadriyatlarimizga ehtirom, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usi va mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Mamlakatimizda kitobxonlikka katta ahamiyat berilayotgan bugungi kunda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini o‘qib-o‘rganish zarurligi qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari korxona kutubxona fondida saqlanayotgan Alisher Navoiy va Bobur asarlari katta qiziqish va mutolaa ishtiyoqi bilan tanishib chiqdilar.

Axborot xizmati