Asosiy menu

Konstitutsiya - davlat tayanchi

«O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik Kompaniyasi tomonidan Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi hamda «Qishloqqurilishinvest» injiniring kompaniyasi vakillari hamda yosh mutaxassislari ishtirokida yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy kafolati va mustahkam poydevori bo‘lib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma besh yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya - davlat tayanchi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda huquqshunos va ma'naviyatshunos olimlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mutaxassislari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari E.Alimov so‘zga chiqib, Konstitutsiyamiz jamiyat hayotining barcha sohalaridagi samarali islohotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirish barobarida milliy ma'naviyatimizni taraqqiy etib mustahkamlanib borishiga qo‘shgan hissasi haqida fikr bildirdi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, Konstitutsiyamiz jamiyatimizning barcha jabhalarida faoliyat yurituvchi halqimiz manfaatini himoya qiluvchi hayotiy dasturilamal, yo‘limizni va qalbimizni yoritgan ma'naviyat hamda ma'rifat qomusi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar, yoshlar ongi va qalbida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hurmat, qiziqish, daxldorlik va unda belgilangan me'yorlarga amal qilishda mas'uliyat tuyg‘usini mavjlantirish, shuningdek, yurtimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, ta'lim, fan, madaniyat, ma'rifat va ma'naviyatning ravnaq topishida mustahkam huquqiy, ma'naviy asos sifatida xizmat qilayotganligi haqida yangi, qiziqarli ma'lumotlar berishdan iboratdir.
Ta'kidlash lozimki, mazkur tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining «O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik Kompaniyasining quyi tizimlarida saylangan 44 nafar yetakchilar kengashi raislari ham ishtirok etdilar. Yosh vakillar uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi vakillari tomonidan boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy va huquqiy asoslari, yetakchilik qobilyatini shakllantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Matbuot kotibi.