Asosiy menu

O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi konferensiyasi o‘tkazildi

17 noyabr kuni Kasaba uyushmalari federatsiyasida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Yoshlar birlashmasining I ta'sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yetakchilar kengashi vakillari ham ishtirok etdilar.
Ajumandan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Pezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qutultoyida so‘zlagan nutqi hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarni tarmoq Kasaba uyushmalari tizimidagi faol yoshlarga yetkazish, bu borada uyushma oldida turgan dolzarb va ustivor vazifalarni belgilab olishdan iborat.
Ta'kidlash joizki, mazkur konferensiya tarmoq kasaba uyushmasining yoshlar bilan ishlash faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi. Unda “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zparrandasanoat” uyushmasi va “O‘zpaxtasanoat” AJ faol yoshlari so‘zga chiqib, Kasaba uyushmalariing Vazirlik idora va davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatidagi o‘rni va uni yanada oshirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Yoshlar Kengashi majlisida bugungi kun talabidan kelib chiqib tarmoq kasaba uyushmasining Yoshlar bilan ishlash tuzilmasini takomillashtirish taklifi ma'qullanib O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Yoshlar birlashmasi tashkil etildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi yosh faollari ishtirokida ekskursiya tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Pezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘yildi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi eksponatlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Axborot xizmati