Asosiy menu

Andijon va Toshkent g'allakorlari olg'a bormoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 yilda boshoqli don hosilini yig'ish, tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 18 maydagi PQ-2974-sonli qaroriga asosan g'alla yig'im-terim mavsumi tizimli ravishda olib borilmoqda. G'allani rejadan ortiq xirmonga topshirishga ahd qilgan dala mehnatkashlarining shahdu-shijoatlari baland. Buni kundan-kunga erishilayotgan yuqori natijalar va ko'rsatkichlar yaqqol namoyon etmoqda. Jumladan, Andijon va Toshkent viloyatlari g'allakorlari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun belgilangan ko'rsatkichdagi g'alla xirmonga topshirishga erishildi. Endilikda ushbu viloyatlar g'allakorlari shartnomaviy rejaga muvofiq bug'doyni kutilgandan a'lo natijada qayd etishni maqsad qilishgan. Yurtimizning boshqa hududlarida hosil yig'im-terim mavsumi davom etmoqda.

Axborot xizmati.