Asosiy menu

“Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari ishtirokida «Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 
Davra suhbatida kompaniya markaziy apparati, tizim korxonalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va vazifalar yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirib berildi. 
 Davra suhbati ochiq va qizg‘in munozaralar ko‘rinishida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. 
 Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish muhim omillardan biri ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.