Asosiy menu

Kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish

"O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalarida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda

Tizim korxonalarida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazmali yarmarka ishtirokchilari Toshkent shahridagi Tegirmon novvoyxona jihozlari MChJga tashrif buyurishdi.

Ishtirokchilar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar va mahsulotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgani bilan qiziqdilar.

Hamda sohaga oid butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar tomonidan mahalliylashtirilgan mahsulotlar bo‘yicha tashkil etgan ko‘rgazmali stendlari bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar «Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurishdi. Ishtirokchilar jamiyatda kooperatsiya aloqalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va modernizatsiya qilingan tegirmon sexi bilan yaqindan tanishishdi.