Asosiy menu

Respublikamizda 2019 yilda 1 million 490 ming 660 tonna kartoshka yetishtiriladi

2019 yil uchun respublikada jami 135 ming 641 gektar yerga sabzavot, 60 ming 156 gektar yerga poliz ekinlari joylashtiriladi hamda 2 mln 875 ming 640 tonna sabzavot, 1 mln 59 ming 240 tonna poliz ekinlari yetishtiriladi. »2019 yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida»gi Hukumat qarorida bu koʻrsatib oʻtilgan. Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida maʼlum qilindi.

Qarorda jami 57 ming 292 gektar bogʻ-tok qatorlari orasida 853 ming 905 tonna sabzavot, dukkakli va poliz ekinlari, 824 ming 350 gektar gʻalladan boʻshaydigan maydonga takroriy ekin ekilishi va jami 10 mln 448 ming 780 tonna mahsulot, jumladan 789 ming 189 tonna kartoshka yetishtirilishi belgilangan. Gʻalladan boʻshaydigan yer uchun jami 4 mlrd 292 mln 707 ming soʻm mablagʻ ajratiladi.

Yuqoridagilarni jamlagan holda 2019 yilda respublikada jami 13 mln 396 ming 437 tonna mahsulot yetishtiriladi va mahsulotlarning 1 mln 858 ming 789 tonnasi eksport qilinadi, 7 mln 784 ming 537 tonnasi ichki isteʼmol uchun moʻljallangan.

Jami mahsulotlarning 1 mln 490 ming 660 tonnasi kartoshka boʻlib uning 1 mln 56 ming 903 tonnasi ichki isteʼmol uchun ajratiladi.

OʻzA