Asosiy menu

-“Navro‘z” umumxalq bayrami savdo yarmarkalari

«Navro‘z» umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahri va hududlarida tashkil etilgan barcha yarmarka savdolariga «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan keng assortimentdagi un, guruch, non va non mahsulotlari, qandolat, makaron mahsulotlarining savdolari tashkil etildi.
"O‘zdonmahsulot" AK tarkibidagi korxonalar tomonidan Toshkent shahrining "Aviasozlar dehqon bozori", "Askiya dehqon bozori", "Navro‘z dehqon bozori", "Chilonzor dehqon bozori", "Oloy dehqon bozori", "Farhod dehqon bozori", "Mirobod dehqon bozori", "Eski-Juva dehqon bozori", "Sirg‘ali dehqon bozori", "Qo‘yliq dehqon bozori", "Yunusobod dehqon bozori" va "Qora-qamish dehqon bozori" da savdo yarmarkalari tashkil etildi.