Asosiy menu

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reestri yuritiladi

Hukumat qarori bilan Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda belgilanganidek, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birgalikda ularni qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari bilan shug‘ullanadi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reestriga kiritish O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Nizom bilan Reestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek Reestrni shakllantirish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarini Reestrga kiritish uchun hujjatlarni tuman kengashlari qabul qiladi, dastlabki ko‘rib chiqishni amalga oshiradi va Kengashga taqdim etadi.
Fermer xo‘jaligini Reestrga kiritish ixtiyoriy ravishda fermer xo‘jaligining arizasiga asosan va bepul amalga oshiriladi.
Reestr viloyatlar va tumanlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi shaklida Kengashning rasmiy veb-saytida e’lon qilish (joylashtirish) orqali yuritiladi.
Reestr ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib shakllantiriladi.
Reestrdagi ma’lumotlar ochiq hisoblanadi, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining moliyaviy ko‘rsatkichlari bundan mustasno.
Fermer xo‘jaligini Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reestriga kiritish quyida bosqichlardan iborat: