Asosiy menu

Non ko‘p bo‘lsa, rizq-ro‘zimiz butun bo‘ladi

Non o‘zbek xalqi tomonidan asrlar mobaynida eng aziz ne’mat, rizq-ro‘z manbai, xonadonning to‘kin-sochinligi, barakasi ramzi sifatida qadrlanib kelinadi. Dasturxon yozilganda eng avvalo non qo‘yilishida ham o‘ziga xos ramziy ma’no mujassam. 

16 oktyabr butun jahon non kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur bayram Butunjahon non va qandolot mahsulotlari uyushmasi tashabbusi bilan 2006 yilda tashkil etilgan. 

Yurtimizda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida ko‘pgina ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda. Bu borada «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarga qarashli non va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexlarning o‘rnini alohida qayd etish lozim. Mahsulot sifatini oshirish, uning tarkibini inson organizmi uchun foydali moddalar: uglevod, oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitish faol yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu xalqimiz manfaatlari va salomatligi uchun xizmat qilib kelmoqda. 

Ozbekiston Respublikasining 2010 yil 7 iyundagi «Aholi ortasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi togrisida» gi ORQ-251-sonli qaroriga asosan, «Ozdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibdagi tizim korxonalarining 52 ta tegirmonida 1-navli un toliq hajmda vitamin-mineral aralashmalari bilan boyitilgan holda ishlab chiqarilmoqda.

«Toshkent don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Oqqorgon non» ishlab chiqarish sexi non mahsulotlari ishlab chiqarishda ozining munosib orniga ega bolib kelmoqda.

Korxonada kuniga 3 tonnagacha mahsulot ishlab chiqarishga moljallangan, energiya tejovchi Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy Wachtel kompaniyasi uskunalari ornatilgan. Ishlab chiqarishning har bir bosqichi: xamir tayyorlash, uni shaklga solish va nonning pishishigacha bo‘lgan barcha jarayonlar jiddiy nazorat qilinadi. 

- Non va non mahsulotlari kunlik ratsionimizning o‘zgarmas qismiga aylanib ulgurgan birinchi zaruriy ozuqa sanaladi – deydi sex rahbari Xolbo‘ta Boynazarov, tayyor mahsulot bolalar bog‘chalari, maktablar, bozorlar va xususiy tadbirkorlarga yetkaziladi. Korxonada 12 kishi ish bilan ta’minlangan, ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. 

- Ishimizda diqqat, tartib-intizom va mas’uliyat talab etiladi –deydi nonvoy Bahrom Tojiev, nonni o‘z meyorida, kerakli formada chiqishi, mazali ta’mga ega bo‘lishi uchun ishning har bir bosqichiga alohida e’tibor berilishi lozim. 

Kundalik eng ko‘p iste’mol qiladigan ozuqa manbai bo‘lgan non va non mahsulotlari avvalo, salomatlik uchun xavfsiz bo‘lishi, sifat talablariga to‘liq javob bera olishi, shu bilan bir qatorda, inson tanasi uchun foydali moddalar, mikroelementlarga ega bo‘lishi lozim. 

Ayni shu maqsadda, 2017 yilning 27 mart sanasida O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, «Non va makaron maxsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi maxsus texnik reglament «O‘zstandart» Agentligining MTR-8 sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan. Mazkur reglament 2018 yilning 1 sentyabridan qonuniy kuchga kirgan.

Natijada, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun maxsus reglamentda o‘rnatilgan talablarga javob beruvchi sifatli va xavfsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish va rivojlantirishlari uchun sharoit yaratildi va shunga muvofiq ravishda mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfli vaziyatlarning yuzaga kelishini minimallashtirishda va savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga erishilib, sifatli va xavfsiz mahsulot tayyorlashda, eksport va importni har tomonlama tartibga solishda tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarga bir qator qulayliklar yaratildi. 

Axborot xizmati.