Asosiy menu

Hosil barakali bo‘ladi

«O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi «Surxandaryodonmahsulotlari» Aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Sherobod don mahsulotlari qabul qilish shaxobchasida g‘alla hosilini qabul qilish jarayoni uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
Shaxobchaga g‘alla yuklangan transport vositasi kelishi bilan eng avvalo uning davlat standartlariga mosligini tekshirish uchun namuna olinadi. Jarayon 1-2 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Sifat ko‘rsatkichi me'yor talablaridan yuqori bo‘lmagan mahsulot yuklangan mashina laboratoriya ruxsati bilan elektron taroziga keladi. Fermer yuk xati bilan bir qatorda smart kartani tarozi operatoriga taqdim etadi. Yuk o‘lchanib saqlash tugmasi bosilgach avtomatik ravishda onlayn dasturga tushadi. Sinxronlashtirish tugmasi bosilgach ushbu ma'lumotlar yagona axborot tizimiga yuboriladi. Bu jarayon hammasi bo‘lib 5-7 daqiqa vaqt talab etadi.
Mazkur dastur don qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta'minlash, fermerlarga qulaylik yayaratish maqsadida tashkil etildi.
- Don qabul qilish shaxobchasiga kelib yangi tashkil etilgan onlayn dasturning qulayliklaridan mamnun bo‘lmoqdamiz, - deydi «Eshkeldiyev Xolbek» fermer xo‘jaligi raisi Eshbolta Jo‘raqulov. - Chunki bu eng avvalo vaqtni tejashga xizmat qilmoqda. Bir daqiqa ichida texnika ichkariga kirib don qabul qilinishi bilan bir daqiqada yana chiqib ketish imkoniyati yuzaga kelmoqda. Olib kelingan g‘alla miqdori elektron ko‘rsatkich orqali tashqarida ko‘rinib turibdi bu juda samarali bo‘lmoqda.
Respublikamizning barcha hududlarida g‘alla hosini yig‘im-terim jarayoni jadal davom etmoqda.

Axborot xizmati.