Asosiy menu

Mexnat muxofazasi va xavfsizlik masalalari doimiy e'tiborda

«O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi «Jomboy don mahsulotlari» AJ tomonidan ish jarayonida mehnat muhofazasi va intizom qoidalariga rioya etish masalalarini kuchaytirish maqsadida "Fuqarolar xavfsizligi oyligi" e'lon qilindi hamda mazkur oylik doirasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Jomboy tuman Boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu tadbirda ishchi xodimlar tomonidan mehnat jarayonida xavfsizlikka amal qilish qoidalari, mehnat muhofazasi me'zonlari va uning amal qilinishi bo‘yicha ma'lumotlar berildi va ayni mavzuda o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
Tadbirga korxonaning elevator sexi, tegirmon kompleksi, omuxta yem sexi xodimlarining 62 nafari jalb etildi.
Qayd etish joizki, tadbir «O‘zdonmahsulot» AK tizimida 2018 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi» ga muvofiq o‘tkazilmoqda. Dasturga ko‘ra, korxonada Yoshlar Ittifoqi Boshlang‘iyach tashkilot yetakchilari, kadrlar bulimi, mehnat muxofazasi va kasaba qo‘mitasi xodimlarilan iborat maxsus ishchi guruh tuzish va reydlar uyushtirish, mazkur sohada yoshlarga tushuntirish ishlarini olib borish va qoidalar qo‘pol ravishda buzilganlik holatlarida intizomiy choralar ko‘rish, yil yakunida eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillarni rag‘batlantirish vazifalari belgilangan.
Mashg‘ulotlarda ishtirok etgan ishchi xodimlar, ayniqsa yoshlar, xavfsizlikka rioya qilish eng birinchi vazifa ekanligi, mehnat muhofazasi va intizom qoidalariga amal qilish ish unumdorligi oshirishiga mashg‘ulotlar davomida amin bo‘ldilar. Bir so‘z bilan aytganda tadbir korxona ishchilariga tajriba va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun maydon vazifasini o‘tadi.





Axborot xizmati.