Asosiy menu

Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Joriy yilning 30 mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 249-sonli Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli mahsulot va xizmatlar hamda ularning strategik turlari ro‘yxati tasdiqlandi.
“O‘zdonmahsulot” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan un, qolipli non va don mahsulotlari mazkur ro‘yhatdan joy olgan.
Aytish joizki, ushbu mahsulot va xizmatlar uchun narxlarni davlat tomonidan tartibga solish, tariflarni o‘rnatish, mazkur ro‘yxatdan tashqari tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlari tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga hamda xizmatlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.
Shu bilan bir qatorda, Qaror bilan tasdiqlangan nizomda monopol yuqori va monopol past narxlarning aniqlanishi tartibi ham belgilab berildi.

Axborot xizmati.