Asosiy menu

Qishloq xo‘jaligi sohasi og‘ir judolikka uchradi

25 dekabr kuni mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasi og‘ir judolikka uchradi. Sohani rivojlantirish yo‘lida ko‘p yillar mobaynida samarali mehnat qilgan «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi faxriysi O‘zbekiston Qahramoni Avaz Ergashev vafot etdi.
A.Ergashev 1949 yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan. U faoliyati davomida mazkur tumanidagi jamoa xo‘jaligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. U 1995-1998 yillarda kompaniya tizimidagi «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati yordamchi xo‘jalik bo‘yicha rais muovini vazifasida ishlab soha vakillari, kasbdoshlari orasida hurmat-e'tibor qozonish bilan bir qatorda yosh mutaxassislarga kasbga sadoqat, fidiyilik va kamtarlik borasida o‘rnak bo‘la olgan. 2009-2015 yillarda Jomboy tumanidagi «Avaz agro hosil» fermer xo‘jaligi boshlig‘i sifatida samarali faoliyat olib bordi.
A.Ergashev o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. Uning mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlanib, O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati qishloq xo‘jaligi sohasining fidoyi, jonkuyar vakili A.Ergashev vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Matbuot kotibi.