Asosiy menu

Investitsiya – iqtisodiyot tayanchi

«O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi «Oq oltin don mahsulotlari» AJda Turkiya davlatining «Imas Makina» kompaniyasi bilan hamkorlikda tegirmon sexini modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi «Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2692-sonli qarori va kompaniyaning investitsiya dasturiga asosan amalga oshirilmoqda.
Yangi tegirmon sutkasiga 200 tonna un ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Tegirmon jihozlari va qurish uchun kerak bo‘ladigan barcha uskunalar korxonaga to‘liq keltirilgan bo‘lib, hozirgi kunda ularni o‘rnatish bo‘yicha jadal ish olib borilmoqda.
Yaqin muddatda korxonada yana bir muhtasham loyiha amalga oshishi evaziga xalq iste’moli uchun sifatli un ishlab chiqarilib, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi. 




Axborot xizmati.