Asosiy menu

Koson tumanida yangi tegirmon

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi "Koson DMQQ" MCHJda 2019 yil investitsiya dasturiga asosan, keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, korxonada jadal suratlar bunyod etilayotgan un ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tegirmon loyihasi fikrimizning amaliy isbotidir.
Loyiha Turkiya davlatining «IMAS MAKINA» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan. Yangi tegirmon sutkasiga 120 tonna bug‘doyni qayta ishlash quvvatiga ega. Korxonada mazkur tegirmonning qurilish ishlari yuqori tezlikda davom etmoqda.

Axborot xizmati.