Asosiy menu

Raxbariyat

"O’zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi:

Xaydarov Surat Ochilovich
Telefon: 998 (71) 233-27-25
Faks: 998 (71) 233-69-64
Elektron pochta: info@uzdon.uz
Qabul kunlari: seshanba 15:00-17:00
1969 yili Samarqand viloyatida tug'ilgan.
Millati: o'zbek
Ma'lumoti: oliy

1994 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan
1995-1997 yillarda Samarqand viloyati hokimligi moliya boshqarmasi huzuridagi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi nazoratchisi bo‘lib ishlagan.
1997-1998 yillarda Samarqand viloyati, Kattako‘rg‘on tuman hokimligi moliya bo‘limi bosh hisobchisi.
1998-2001 yillarda Samarqand viloyati, Kattako‘rg‘on tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri muovini - byudjet inspeksiyasi boshlig‘i.
2001-2003 yillarda Samarqand viloyati, Kattako‘rg‘on tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri
2003-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Samarqand viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i
2011-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining inspektori
2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining yetakchi inspektori
2016-2017 yillarda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari. 
2017 yil 21 fevraldan "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi


Kompaniya ijro devoni faoliyati, shuningdek kompaniya tarkibiga kiruvchi barcha mulkchilik shaklidagi don mahsulotlari korxonalari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qilish. Kompaniya Boshqaruvi faoliyatini boshqarish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy o'sishi, iqtisodiyotni bozor sharoitida boshqarishni tashkiliy tarkibi samaradorligini oshirish bo'yicha davlat siyosatini amalga oshirish. Kompaniya ijro apparatiga va korxonalarga rahbarlik lavozimiga tavsiya etilgan kadrlarni kompaniya boshqaruvi bilan kelishilgan holda ko'rib chiqish va Prezident Devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Kompaniya ishini rejalashtirish va tadbirlarni bajarilishi, ijro intizomini mustahkamlash .

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlari, hamda davlat idoralari va tashkilotlaridan kelgan xat-hujjatlar, shuningdek kompaniya Boshqaruvi buyruqlarining bajarilishi masalalari;

Davlat ehtiyojlari uchun don va urug'likni tayyorlash, joylashtirish, saqlashni tashkil etish masalalari;

Don mahsulotlarini ishlab chiqarish, assortimentini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, dondan yuqori texnologik foydalanish masalalari;

Don resurslarini rasional tashilishini va iste'molchilarga yetkazib berilishini tashkillashtirish;

Nazorat-taftish boshqarmasi, Nazorat-tahlil, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari boshqaqrmasi, Don va urug'likni tayyorlash, saqlashni tashkil etish boshqarmasi, Tegirmonchilik-yorma va non pishirish sanoatini rivojlantirish boshqarmasi, Don resurslari va ularni tashishni tashkil etish boshqarmasi, Yuridik va axborot xizmati bo‘limi faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri rahbarlik qilish.



Alimov Erkin Jurayevich
Telefon: 232 11 85
Faks: 233 69 64
Elektron pochta: alimov@uzdon.uz   
Qabul kunlari: Payshanba 15.00-17.00
1963 yilda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida tugilgan.

Millati: o'zbek

Ma'lumoti: oliy 


1980 yilda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetiga o‘qishga kirgan. 1985 yilda institutni tugatib Gagarin (hozirgi Muzrabot) tumani Yangiobod xo‘jaligi Markaziy remont ustaxonasida nazoratchi mexanik bo‘lib ish boshlagan. 

1992 yildan 1995 yilgacha aholi uy-joylarini gazlashtirish «Alanga» kichik korxonasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. 

1995-1996 yillarda Angor tumani Mexnat birjasida xuquqshunos, 1996 yildan 1997 yilgacha Yangiobod agrofirmasida bo‘lim agranomi bo‘lib ishlagan. 

1997 yildan 2001 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limida yetakchi inspektor lavozimida ishlagan. 

2000 — 2003 yillarda Toshkent Kimyo Texnologiya institutining «Oziq-ovqat texnologiyasi» fakultetining don maxsulotlari texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

2001 yildan 2005 yilgacha Sherobod tumani don mahsulotlari korxonasi rahbari lavozimida ishlagan.

2005-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limida bosh inspektor lavozimida ishlagan.

2010 yildan 2017 yil 21 fevralga qadar «Surxondaryodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi lavozimida ishlagan.

Tarmoqda iqtisodiy islohotni chuqurlashtirish masalalari;

Kompaniya tizimidagi korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish masalalari;

Byudjet va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar;

Kompaniyada va tizim korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritilishi va belgilangan hisobotlarni o'z vaqtida topshirilishi masalalari;

Davlat ehtiyojlari uchun don harid qilishda qishloq xo'jalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitobni amalga oshirish masalalari;

Xorijiy investisiyalarni sohaga jalb qilish masalalari;

Don mahsulotlari korxonalarini zamonaviylashtirish va yangi texnika bilan qayta jixozlash masalalari;

Don va don mahsulotlarining ichki va tashqi bozor kon'yunkturasi monitoringi,

eksport qilishga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillarni o'rganish hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash masalalarini muvofiqlashtirish;

Iqtisodiyot va qimmatli qog'ozlar boshqarmasi, Moliya va narxlar boshqarmasi, Buxgalteriya hisobi boshqarmasi, Don mahsulotlari korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va investisiya boshqarmasi, Marketing tadqiqotlari va sifat boshqarmasi va Qishloq xo'jaligi bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish.