Asosiy menu

Qimmatli qag'ozlar bo'yicha

«O’ZDONMAHSULOT» AKTSIYADORLIK KOMPANIYASIDA
KORPORATIV BOSHQARUVI TIZIMINI BAHOLASH UCHUN MUSTAQIL TASHKILOTINI TANLASH HAQIDA O‘TKAZILGAN TANLOV YAKUNLARI TO‘G‘RISIDA

XABARNOMA!

Kompaniyaning Kuzatuv kengashi tomonidan korporativ boshqaruvi tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotini tanlash haqida 2017 yil 5 mayda tanlovini o‘tkazildi va tanlov g‘olibini aniqlash qarorini qabul qildi.

TANLOV YAKUNLARI

Tanlovning maqsadi
 2016 yil yakunlari Kompaniyaning korporativ boshqaruv tizimini baholash

Tanlov g‘olibi
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim Markazi



«O’ZDONMAHSULOT» AKTSIYADORLIK KOMPANIYASIDA
KORPORATIV BOSHQARUVI TIZIMINI BAHOLASH UCHUN MUSTAQIL TASHKILOTINI TANLOVINI O‘TKAZISH BO‘YICHA 
E'LON

Kompaniyada korporativ boshqaruvi tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotini tanlov o‘tkaziladi.
Tanlovda qatnashish uchun takliflar 2017 yil 1 maygacha Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasi, 36-uyda qabul qilinadi.


AXBOROT TAQDIM ETISH VA E’LON QILISH TARTIBIGA O’ZGARTIRISHLAR KIRITILDI

2015 yil 27 oktabrda Adliya vazirligida «Qimmatli qog’ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalarini tasdiqlash haqida» Markazning 2015 yil 25 sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug’i ro’yhatdan o’tdi.

Mazkur o’zgartirish va qo’shimchalar qoidani O’zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»(yangi tahrirda) gi Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida kiritildi. Xususan, Qoidaning yangi 61- bandiga muvofiq qimmatli qog’ozlar bozorida emitentga yoki qimmatli qog’ozlarga taaluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga oshirish hamda insayder axborotdan foydalanish taqiqlanadi.

Qoidalar  «Qimmatli qog’ozlar egalarida ularga tegishli bo’lgan qimmatli qog’ozlarning emitent tomonidan qaytarib sotib olishini talab qilish huquqining yuzaga kelganligi to’g’risida» 37-sonli muhim faktni oshkor etish shakli bilan to’ldirildi, shuningdek 8-sonli (Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi yoki ijroiya organining tarkibidagi o’zgarishlar),16-sonli (Aktivlarning 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi) va 31-sonli (Emitent qimmatli qog’ozlarni qaytarib sotib olishga (muomaladan chiqarishga) doir majburiyatlarini bajarish muddatlari kelganligi) muhim faktlarning nomiga va matniga o’zgartirishlar kiritildi.

Aksiya egasi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalining 20 va undan ortiq foiz aksiyalari sotib olinganligi to’g’risida axborot oshkor etish shakli yangilandi, endi unda sana, bitim turi, shuningdek bitimdan keyingi aksiyalar soni to’g’risidagi ma’lumotlar belgilandi.

Qimmatli qog’ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar joriy yilning 2-noyabr kunidan e’tiboran kuchga kirdi.

csm.gov.uz 


AKSIYA VA OBLIGATSIYA EMISSIYASI TARTIBIGA O’ZGARTIRISH KIRITILDI

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 06.11.2015 yilda 2000-4 son bilan Qimmatli qog’ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog’ozlar chiqarilishlarini davlat ro’yhatidan o’tkazish qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Markazning buyrug’i ro’yxatdan o’tdi.

Qoidalarga (№2000, 30.08.2009y.) o’zgartirish va qo’shimchalar 2015 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida» va «Investitsiya va pay fondlari to’g’risida» gi qonunlari  hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga moslashtirish maqsadida kiritildi.

Xususan, Qoidaning 14-bandiga kiritilgan o’zgartirishga muvofiq ustav kapitalini qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirish emitentning jalb qilingan investitsiyalari, o’zlik kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

«Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida» gi qonunning 4-moddasiga muvofiq aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek depozitar tilxatlar hujjatsiz shaklda chiqariladi. Qoidaning obligatsiyalarni hujjatli shaklda chiqarish tartibini o’rnatuvchi 28 va 45 bandlar o’z kuchini yo’qotdi.

Shuningdek, emitentning boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qarorga va (yoki) ularning risolasiga o'zgartirishlar va (yoki) qo'shimchalar kiritish to'g’risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab emitent qimmatli qog’ozlarning joylashtirilishini va muomalasini to'xtatib turish to’g’risida qaror qabul qilishi haqidagi Qoidaning 90-bandi ham o’z kuchini yo’qotdi.

Qoidaning 22-bandidagi ayrim talablar, ya’ni korporativ obligatsiyalarni ustav kapitalini qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan kam bo’lmagan miqdorda shakllantirgan hamda 3 yildan beri faoliyat yuritayotgan emitentlar chiqarishi mumkinligi haqida talablar bekor qilindi.

Qoidalar infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish shartlarini  belgilovchi 221-band bilan to’ldirildi. Bunda infratuzilma obligatsiyalarni chiqarishda korporativ obligatsiyalardan farqli ravishda emitentning tashkiliy huquqiy shakliga  cheklov  yo’qligini eslatib o’tamiz.

Ahamiyatli tomoni qimmatli qog’ozlarni chiqarish shartlarini va hajmlarini banklar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishishi talabi bekor qilindi, shunga ko’ra Qoidaning 31,48,49 bandlariga va ilovasiga o’zgartirishlar kiritildi, Qoidaning XI bobi o’z kuchini yo’qotdi.

Qoidaning 39-bandiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan taqdirda, qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qaror unda ko’rsatilgan mol-mulkning baholash qiymati to’g’risidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan holda baholovchi tashkilot tomonidan ham imzolanishi shart.

Qimmatli qog`ozlar chiqarilishini davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun emitent tomonidan  Markazga taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxati ham qayta ko`rib chiqildi. Xususan, Qoidaning 43-bandidan emitentning notarial-tasdiqlangan nizomining nusxasini o`zgartirishlar va qo`shimchalar bilan birga taqdim etish talabi olib tashlandi, shuningdek, aksiya va korporativ obligatsiyalar chiqarish to`g`risidagi qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan bo`lsa, aksiyadorning tegishli qarorining nusxasi taqdim etilishi belgilandi.

Bundan tashqari, kuzatuv kengashi raisi tomonidan qimmatli qog`ozlar chiqarish natijalari to`g`risidagi hisobotni imzolash zarurati bekor qilindi (Qoidaning 81-bandi). Shu bilan birga, endi qimmatli qog`ozlarning yangi chiqarilishida qimmatli qog`ozlarni chiqarish natijalari to`g`risida hisobot topshirish talab qilinmaydi (Qoidaning 80-bandi).

csm.gov.uz


Biriktirilgan xujjatlar: