"O`zdonmahsulot" AK

Boshqarma boshliqlari

Don va urug‘likni tayyorlash saqlashni tashkil etish boshqarmasi:

Aminov Avaz Axmadaliyevich

Теl: 71 233 22 64  /  71 232 12 27

- davlat buyurtmalari va topshiriqlariga asosan don va urug‘lik qabul qilish bo‘yicha don tayyorlash korxonalari bilan g‘alla yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik korxonalari o‘rtasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida davlat resursiga don tayyorlashni tashkillashtiradi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 25 maydagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga asosan davlat ehtiyojlariga don va urug‘likni qabul qilishni tashkil qiladi;

- don qabul qilish korxonalarini va urug‘lik sexlarini g‘alla qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika bazasini tayyorlashda ularni yangi texnika bilan ta’minlash, qayta ta’mirlash ishlarini tashkillashtiradi;

- kompaniyaning yuridik bo‘limi bilan birgalikda shartnomalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi bo‘yicha kompaniya tarkibidagi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligining taqsimoti hamda, kompaniya rahbariyatining buyrug‘i asosida don mahsulotlari korxonalari tomonidan urug‘lik partiyalarini don yetishtiruvchi qishloq xo‘jalik korxonalariga ekish uchun tarqatishni tashkillashtiradi;

- davlat resursi va zahirasidagi bug‘doy xatlov (inventarizatsiya)dan o‘tkaziladigan va «nol»ga tozalanadigan korxonalarni aniqlaydi va bu haqda kompaniya rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

- hukumat ko‘rsatmasiga asosan xatlovdan o‘tkazish hamda don qabul qilish korxonalari va shaxobchalarida «nol»ga tozalash ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tashkil etadi;

- davlat ehtiyoji uchun don qabul qilishda va tayyorlangan donni saqlash bo’yicha ish olib boradi;

- don mahsulotlari korxonalaridan yillik hisobotlar bo‘lgan 07-S (urug‘likni saqlash), 08 (sig‘imlar) va 012 (uskunalar) shakllarini, mavsumiy bo‘lgan 027 (moddiy-texnika baza tayyorgarligi) hamda har oylik 6-K (donning sifati) shakllarini qabul qilinishini ta’minlaydi;

- kompaniyaning boshqa bo‘linmalari bilan hamkorlikda don qabul qilish korxonalari, elevatorlar, shaxobchalar hamda urug‘lik tayyorlash sexlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, yangi-zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish bo‘yicha korxonalarning takliflarini ko‘rib chiqadi va tegishli xulosalar kiritadi;

- don va urug‘lik tayyorlash, saqlash, tarqatish, hisobini yuritish bo‘yicha davlat standartlari, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.


Don resurslari va ularni tashishni tashkil etish boshqarmasi:

Niyazov Feruzbek Djabarovich

Теl: 71 232 11 86  /  71 236 04 99

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot vazirligining tegishli ko‘rsatmalari asosida iste’molchilarga yetkazib beriladigan don, un va boshqa mahsulotlarning davlat buyurtmalarini shakllantirishda ishtirok etadi;

- tizim korxonalarini don hom ashyosi bilan ta’minlanishini tashkillashtirishda ishtirok etadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga binoan makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatiga, aholiga sotishga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga birja savdosi orqali sotish uchun ajratiladigan un xajmlarini, hamda hokimiyatlarga non yopish va ijtimoiy ta’minot uchun ajratilgan un hajmlarini tizim korxonalariga rasmiylashtirib beradi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga binoan maxsus iste’molchilarga ajratilgan un va yorma maxsulotlari xajmlarini taqdim etilgan taqsimotlarga asosan tizim korxonalariga rasmiylashtirib beradi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga va Iqtisodiyot Vazirligining ko‘rsatmalariga binoan spirt sanoati ta’minoti uchun ajratilgan bug‘doy hajmlarini tizim korxonalariga rasmiylashtirib beradi;

- kompaniyaning boshqarmalari va don mahsulot korxonalarining buyurtmalari asosida don, urug‘lik va tayyor maxsulotlarni vagonlarda viloyatlararo tashishni rasmiylashtirish uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga buyurtmalarni taqdim etadi;

- don, urug‘lik va boshqa mahsulotlarni vagonlarda tranzit uchastkalaridan tashib o‘tish uchun lozim bo‘lgan ekspeditsiya kodlarini «O‘zbekiston temir yo‘l ekspeditsiyasi»da rasmiylashtirish uchun talabnomalarni taqdim etadi;

- tizim korxonalariga vagonlarni me’yordan ortiq turib qolish hollarini qisqartirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqarish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatadi;

- tizim don mahsulotlari korxonalariga yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xukumat qarorlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini yetkazadi;

- kompaniyaning 2008 yil 12 avgustdagi «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi korxonalarda davlat resursidagi oziq ovqat bug‘doyidan foydalanish balans ijrosi bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 36-sonli buyrug‘iga asosan qabul qilingan hisobotlarni jamlab Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishni ta’minlaydi.


Don mahsulotlarini qayta ishlash va mahsulotlarning yangi turlarini joriy etish boshqarmasi:

Donayev Sherali Burxanovich

Теl: 71 233 47 25  /  71 256 69 08

- un, yorma, omuxta-yem hamda non, makaron mahsulotlari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;

- xizmat vazifasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, kompaniya boshqaruvining qaror va buyruqlarini bajarilishini ta’minlaydi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq, un, yorma, omuxta-yem ishlab chiqarish hajmlari hamda ishlab chiqarish quvvatlarining balansi va marketing izlanishlar asosida non, makaron, qandolat mahsulotlarining hajmlari bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatgichlarining prognozlarini tayyorlashni tashkillashtiradi;

- mahsulot turlari tuzilmasini zamonaviylashtirish dasturlarini amalga oshirish uchun yangi mahsulot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish bo‘yicha korxonalar bilan hamkorlik qiladi;

- ishlab chiqarish imkoniyatlaridan, xom-ashyo resurslaridan tejamli va samarali foydalanish dasturlarini amalga oshirish, qo‘shimcha hom-ashyo manbaalarini topish va ishlab chiqarishga jalb etishda korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatadi;

- don, un, yorma, omuxta-yem, non, makaron mahsulotlarining amaldagi me’yoriy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirda ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- un, yorma, omuxta-yem, non, makaron mahsulotlarining ishlab chiqarish usullarini, texnologik sxemalarini zamonaviylashtirish va ilg‘or texnologiyalarni tanlash va tadbiq etish bo‘yicha korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatadi;

- un, yorma, omuxta yem, makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sexlarini qayta jihozlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

- tegirmonlarda ishlab chikarilayotgan unni fortifikatsiyalash, mineral-vitamin qo‘shimchalar bilan boyitish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tashkillashtiradi;

- un-yorma, omuxta-yem, non, makaron mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mutaxassislari malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

- un-yorma, omuxta-yem, non, makaron sanoatining yutuqlari, muammolari bo‘yicha konferensiya, seminar, yig‘ilishlar o‘tkazishni tashkil etadi, don mahsulotlari sohasining «Texnik qo‘mitasi» va «Degustatsiya komissiyasi»ning ishlarida ishtirok etadi;

- un, yorma, omuxta yem, non, makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, ularning sifatini yaxshilash va turlarini ko‘paytirish ishlarini tashkil etadi.


Moliya va narxlar boshqarmasi:

Kasimov Baxrom Ulug'bekovich

Теl: 71 256 64 86  /  71 232 11 83

- tarmoqning istiqbolli rivojlanishini e’tiborga olgan holda moliyaviy ko‘rsatgichlarini bashorat qilish, kompaniya boshqaruviga topshiriladigan yillik, yarim yillik, choraklik hisobotlarni tizimga kiruvchi va shartnoma asosida ishlaydigan korxonalar bo‘yicha tahlilini olib boradi;

- tezkor va 5F statistik ma’lumotlarga asoslangan holda tizimdan tashqari debitor-kreditor qarzlarning miqdorini aniqlab, ularni kamaytirish bo‘yicha korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, aylanma mablag‘larning belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelishini nazorat qiladi;

- korxonalar tomonidan budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi, boqimanda qarzlarning keskin o‘sib ketmasligi yuzasidan korxonalar bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- davlat resursiga qabul qilinadigan boshoqli don ekinlari uchun respublikaning g‘allakor xo‘jaliklariga Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko‘rsatilgan hajmlarda bo‘nak (natura ko‘rinishida) berilishi uchun hisob-kitoblarni amalga oshiradi;

- g‘alla qabul qilib olish mavsumida «Agrobank» ATB bilan hamkorlikda xo‘jaliklardan qabul qilib olingan g‘alla uchun yakuniy hisob-kitoblarga zarur mablag‘lar miqdorini aniqlaydi, Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armaga talabnomalar berib boradi, don mahsulotlari korxonalari tomonidan berilgan bo‘nak darajasida g‘alla topshira olmagan xo‘jaliklarda yuzaga kelgan qoplanmagan bo‘nak miqdorlarini har bir korxona bo‘yicha yig‘ib, «Agrobank» ATB bilan birgalikda ushbu ma’lumotlarni Hukumatga taqdim etadi;

- davlat zahirasidagi iste’mol bug‘doyi saqlanayotgan korxonalarga davlat zahirasidagi bug‘doyni saqlash bilan bog‘liq harajatlarning choraklik, yarim yillik va yillik smetalarini ishlab chiqish va ularni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligiga taqdim etish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatadi;

- ichki bozorlarda don mahsulotlarining narxini o‘rganib borish, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda don mahsulotlarining ulgurji va chakana baholarini belgilash yuzasidan takliflar beradi va narx loyihalarini ko‘rib chiqadi, zaruriyat tug‘ilganda Moliya hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari bilan xamkorlikda boshoqli don ekinlarini xarid narxlarini qayta ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar yuzasidan takliflar kiritadi, tizim korxonalarini tasdiqlangan preyskurant narxlari bilan ta’minlaydi;

- tarmoqdagi korxonalar va turli xayriya yordamiga muxtoj tashkilotlar, jamg‘armalardan tushgan so‘rovnomalarni o‘rganib chiqib, rahbariyatga tegishli takliflar kiritadi va boshqaruv a’zolari tomonidan qabul qilingan qarorlarning bayonnomalarini olib boradi;

- boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tarmoq bo‘yicha ishlab chiqiladigan qo‘llanma va uslubiy hujjatlar bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, boshqarmaga taalluqli bo‘lgan Hukumat qarorlari, farmoyishlari hamda kompaniya tomonidan qabul qilingan qarorlar va me’yoriy hujjatlarining ijrosini taminlaydi;

- tizimdagi va shartnoma asosida ishlaydigan korxonalar tomonidan topshirilgan statistik hisobotlarga ko‘ra moliyaviy-iqtisodiy ahvol bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va jadvallar tayyorlab, kompaniya boshqaruviga kiritadi;

- korxonalarning aylanma mablag‘lari va ulardan samarali foydalanishi ustidan nazorat olib boradi.



Ichki monitoring guruhi:

Madaminov Muhammadabbos No‘monjonovich

Теl: 71 232 22 78

- kompaniya tarkibiga kiruvchi mulk shaklidan qa’tiy nazar barcha korxonalarda iqtisodiyot (byudjet va moliya) qonunchiliklari talablarini bajarilishini hamda kompaniyaning buyruqlarini bajarilishini ta’minlaydi;

- don mahsulotlari korxonalarida saqlanayotgan davlat zahirasidagi donni sifatini, miqdorini tekshirish, shu bilan birgalikda istiqbolli va iqtisodiy me’yorlar ishlab chiqadi;

- don mahsulotlari korxonalari tomonidan xarid qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan davlat don resurslari miqdori va sifatiga doir ma’lumotlarni ishonchliligini, tayyor mahsulot chiqishining belgilangan normativlariga rioya qilinishini, don ekinlari urug‘lari tayyorlanishini va don yetishtiruvchi xo‘jaliklarning ular bilan ta’minlanishini, tayyorlanadigan va qayta ishlanadigan don uchun o‘zaro hisob-kitoblarning belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat va taftish qiladi;

- un zavodlari, don qabul qilish korxonalari va non ishlab chiqarish korxonalarini taftish qilish jarayonida tabiiy yo‘qotish normalari to‘g‘ri belgilanganligini, don va don mahsulotlarini hisobotdagi va amaldagi koldiqlarini aniklaydi;

- xatlovdan o‘tkazish dalolatnomlarini tuzilishini va ularni hisobotini un ishlab chiqarish, don qabul qilish va non yopish korxonalarida to‘g‘ri yuritilishini nazorat qiladi;

- tarmoq korxonalarida iste’molchilarga mahsulot sotishda belgilangan tartiblarni buzilmasligi, jo‘natilgan mahsulotlar uchun hisob-kitoblar, debitor va kreditor qarzdorliklarni ahvolini, tezkor hisobotlarni birlamchi hujjatlari va hisob-kitoblarni yuritilishi bo‘yicha kitoblarini ahvolini, tasdiqlangan shtat jadvali va normativlarni bajarilishi bo‘yicha hujjatli taftish va mavzuiy tekshiruvlar o‘tkazilishini nazorat qiladi;

- korxonalarning faoliyatida moliyaviy intizomga amal qilinishini muntazam ravishda nazoratini tashkil etadi, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;

- korxonalar faoliyati tekshirilganda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuzatish bo‘yicha takliflar beradi hamda taftish va tekshiruv natijalari bo‘yicha kompaniya rahbariyatiga ma’lumotlar kiritadi;

- taftish va tekshiruv vaqtida korxonalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni nazoratga oladi, korxonalarda don mahsulotlari harakatini statistik va buxgalteriya hisobotlari bilan to‘g‘ri kelishini tekshiradi.



Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi:

Iskandarov Rustam Sadullaevich

Теl: 71 233 37 63  /  71 233 76 01

-kompaniya va tizim korxonalarida aksiyadorlar (ishtirokchilar)ning navbatdagi va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil etadi;

-kuzatuv kengashlari faoliyatini, ichki audit xizmati , taftish komissiyasi va sanoq komissiyasi faoliyatini tashkil qiladi;

-kompaniya va tarkibiga kiruvchi korxonalarda korporativ boshqaruvning tartibga solinishini ta’minlaydi;

-tizim korxonalari tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini tashkillashtirishda korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatadi;

-joriy ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirishda kompaniya manfaatlarini himoya qiladi;

-qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va boshqa vakolatli davlat organlariga belgilangan tartiblardagi ma’lumotlarni taqdim etadi;

-turli mulkchilik shakllariga ega bo‘lgan korxonalarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarda kompaniya tomonidan vakolatli vakilga berilgan ishonchnomalar asosida vakilning ishtirokini ta’minlaydi;

-kompaniya boshqaruviga qimmatli qog‘ozlarni (ulushlarni) va mulkni boshqarishga doir rasmiy xujjatlar, hisobotlar, ma’lumotlar, xulosalar va boshqa xujjatlarni taqdim etadi;

-kompaniyaning aksiyadorlari qarori va Kuzatuv kengashining bayonnomalari loyihalarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;

-kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari (ulushlari) va mulki bilan bog‘liq hujjatlar harakatini muvofiqlashtiradi;

-O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 30 iyulda ro‘yxatga olingan 1394-sonli “Davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq har chorak yakuni bilan kompaniyada davlatning ishonchli boshqaruvchisi hisobotini tayyorlab, “Davlat aktivlarini boshqarish Markazi”ga taqdim etadii;

- choraklik hisobotlar, emitent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib boradi.



Investitsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi:

Islamov Shuxrat Kadirovich

Теl: 71 233 70 72  /  71 256 26 40

-kompaniya tarkibidagi korxonalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalarni muvofiqlashtirish va yagona investitsiya hamda yangi texnologiyalarni joriy qilish siyosatini amalga oshirish;

-tarmoq korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jixozlash uchun investitsiyalarni jalb qilishda ularga ko‘maklashish;

-donni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologik uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi xorijiy tashkilotlarni aniqlash, ular bilan mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish va taklif kiritish;

-kompaniya korxonalarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, faoliyatini kengaytirish, mavjudlarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash bo‘yicha loyihalar ro‘yhatini ishlab chiqish;

-don qabul qilish korxonalari, elevatorlar, tegirmonlar, un, yorma, non va omixta yem ishlab chiqarish korxonalarining hududiy talab ehtiyojlariga muvofiq quvvatlardan foydalanish darajasini aniqlashda ishtirok etish, ularning moddiy-texnika bazasi samaradorligini oshirish va rivojlantirish, modernizatsiya va qayta jihozlashning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish va taklif kiritish;

-investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha talab qilinadigan kredit hujjatlari (papkasi)ni, jumladan biznes reja, texnik iqtisodiy asoslash (TEO), texnologik uskunalarni sotib olish bo‘yicha kontrakt tuzish va konsalting xulosasini olish hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha tarmoq korxonalariga amaliy yordam ko‘rsatish;

-tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ularning moliyaviy holatlarini yaxshilash maqsadida tejamkor va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritish;

-“Manzilli qurilish ro‘yxati”ga kiritilgan ob’ektlarda kapital mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlaydi va tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish;

-tarkibdagi korxonalar bilan birgalikda sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish;

-investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha eng arzon va qulay pul mablag‘larini belgilashda tarkibdagi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish;

-mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.



Marketing, eksport va sifat boshqarmasi:

Axrorov Anvar Xamidullayevich

Теl: 71 232 11 88

-ulgurji va chakana savdo tizimida ichki iste’mol bozorining don mahsulotlari va unning navlariga va omuxta yemning turlariga bo‘lgan talabini o‘rganishni tashkillashtiradi;

-kompaniya tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga, iste’mol talabidan kelib chiqqan holda, buyurtmalar (prognoz) ishlab chiqadi;

-don, un va non mahsulotlarining ichki va tashqi (birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlar) bozorlari kon’yunkturasini tahlil qiladi, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar olib boradi;

-ichki va tashqi bozorda non mahsulotlariga bo‘lgan talab va takliflarni o‘rganish yo‘lida tadqiqotlar o‘tkazadi;

-ichki va tashqi bozorga mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy aloqalarni o‘rganish maqsadida makroiqtisodiy tahlillar olib boradi;

-mehnat va boshqa resurslarning joylashuvini inobatga olgan xolda don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini oqilona joylashtirish, un ishlab chiqaruvchi tegirmonlarni rekonstruksiya qilish va ularni ilg‘or texnika bilan qurollantirish bilan bog‘liq takliflar beradi;

-kompaniya tarkibidagi korxonalarda marketing xizmatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish buyicha ishlar olib boradi hamda ushbu korxonalarda marketing xizmati faoliyatini nazorat qiladi;

-reklamaning turli usullaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozordagi xaridorlarni jalb qilish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritish va chet ellik hamkorlar topishda tizim korxonalariga amaliy yordam ko‘rsatadi;

-kompaniya korxonalarida olib boriladigan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash, shuningdek biriktirilgan mahsulot guruhini texnik birligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

-kompleks standartlashtirishning rivojlantirishni asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, biriktirilgan mahsulot guruhiga taalluqli me’yoriy hujjatlar loyihasini tahlil qilish, ularni joriy etish va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif va tadbirlar tayyorlaydi;

-kompaniya korxonalaridagi standartlashtirish, metrologiya va sifat bo‘yicha mas’ul shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, korxonalarga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi;

-korxonalarga zarur bo‘lgan zamonaviy o‘lchov vositalari va usullari, axborot-o‘lchov tizimlarini, avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalarini, laboratoriya uskunalarini joriy etilishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.



Axborot texnologiyalari boshqarmasi:

Nosirov Ibroximjon Nurmuxammatovich

Теl: 71 233 47 90

- axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishni hisobga olgan holda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dasturlarni kiritish va amalga oshirish;

- axborot resurslari, axborot tizimlari va tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar, ularni ta’minlash va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari va normativ-huquqiy baza asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- axborot texnologiyalari sohasini rivojlanishi va samarali ishlashi ustidan, kompaniya iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini axborotlashtirish darajasini baholash mezonlarini joriy etish mexanizmlari orqali kompaniya boshqaruvi va nazoratini axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirish;

- kompaniya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash, axborot resurslari va axborot tizimlaridan keng foydalana olishni ta’minlash;

- kompaniya boshqaruvi va tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanishni kompleks, tizimli tahlil qilish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

- kompaniya axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratish, ma’lumotlarni uzatish va almashish idoralararo tarmoqlarining integratsiyalashgan tizimlarini yaratish va boshqarish, «elektron hukumat» platformasi axborot muhitini yanada rivojlantirishni ta’minlash, davlat axborot resurslarini integratsiyalash, kompaniyaning yagona korporativ tarmoqlarini shakllantirish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron shakllarini joriy etish;

- investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga investitsiyalar jalb etishga, shuningdek axborot texnologiyalarini, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida rivojlantirish va qo‘llash bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

- internet tarmog‘i milliy segmentida kompaniya veb-resurslari, shu jumladan soha xodimlari ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini yaratish;

- axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, shu jumladan dasturiy mahsulotlarni joriy etish, ma’lumotlarning axborot bazalari, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish;

- kompaniyada elektron raqamli imzodan foydalanish, ommaviy axborot vositalarida ma’lumotlar tarqatishni tartibga solish va boshqarish.



Ishlar boshqarmasi:

Melikov Ubaydullo Mustofokulovich

Теl: 71 232 00 48  /   71 236 06 13



- kompaniya faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan ijro uchun kelgan topshiriqlar, shuningdek kompaniya rahbariyati tomonidan “nazorat”ga olingan hujjatlarning ijro etilishini nazorat qiladi;

- korxonalarda ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ularning faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, ijro intizomi talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan boshqaruv hujjatlarini tayyorlash;

- fuqarolarni qabul qilish, fuqarolarning murojaatlarini qonuniy ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, kompaniya binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish;

kompaniyada fuqarolarni qabul qilish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tashkil qilish, kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni muddatida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;

- kompaniya rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarni shaxsiy qabul qilinishini tashkil etadi va tegishli tartibda qabul qilish kitoblariga rasmiylashtirib boradi;

- zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda korxonalarning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

- korxonalar rahbarlari bilan hamkorlikda bilimli, ahloqan pok, vijdonli va malakali, yuksak ma’naviy fazilatlarga ega kadrlarni tanlash va lavozimlarga tayinlashni ta’minlash;

- korxonalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda qayta tayyorlashni tashkil etadi;

- tegishli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda korxonalarga ishga qabul qilish uchun bitiruvchi talabalar orasidan yosh mutaxassislarni bilimi, shaxsiy va ishchanlik qobiliyatlarini o‘rganish asosida tanlaydi;

- kompaniyaga kelib tushgan hujjatlarni devonxona tomonidan qabul qilinishini ta’minlash, ro‘yxatga olish, ularni korxonalarning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlariga qarab taqsimlash, mas’ul ijrochilarga yetkazish;

- ish yuritish bo‘yicha xodimlar faoliyatini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘ma jildlari nomenklaturasining shakllantirilganligi va ularni yuritilishini nazorat qiladi;

- kompaniya arxivi faoliyatini arxiv ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida olib borilishini ta’minlaydi, “Uzarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda arxivda hujjatlarni saqlaydi va hisobga olinishini tashkil etadi, hujjatlarni ilmiy va amaliy qiymatini ekspertizadan o‘tkazadi va doimiy saqlash uchun taqdim etadi;

- boshqaruv qarorida belgilangan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbir rejasini ishlab chiqadi, ijrosini nazorat qiladi va umumlashtiradi;

- boshqaruv majlisi ish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha boshqaruv hujjatlarini ishlab chiqadi;

- xodimlarni o‘z xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qiladi;

- korxonalar xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;

- kadrlar ishini yuritadi hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

- xodimlarni mehnat intizomi va korxonalarning kasb etikasi qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib boradi, mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalari buzilgan har bir holatni chuqur va xolisona o‘rganib chiqadi;

- kompaniyani moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

- kompaniyaga tegishli bino va inshootlar, ularga tegishli hududlarni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini olib boradi, shuningdek, ularni ta’mirlash, kapital qurilish, kommunal xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkillashtiradi, kompaniya mol-mulkining ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishining qonuniyligini ta’minlaydi va boshqa xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadi;

- kompaniya binosining aloqa, elektr energiya, gaz, issiq va sovuq suv tarmoqlarini doimiy va sifatli, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlab turishini ta’minlaydi hamda boshqa xo‘jalik-maishiy xizmatlarni bajaradi;

- kompaniya balansida mavjud bo‘lgan xizmat avtomashinalarining texnik ahvolini o‘rganadi, avtotransport vositalarini ta’mirlash ishlarini tashkil etadi va ularning xizmatga tayyorgarligini ta’minlaydi, avtotransport vositalarini belgilangan mikdorda yonilg‘i bilan ta’minlash choralarini ko‘radi, yo‘l ko‘rsatgichlari tamg‘asi sozligini hamda yonilg‘i sarflanishini nazorat qiladi, avtotransport vositalarini tegishli xodimlarga biriktirish bo‘yicha dalolatnomalarni, yo‘l varaqalarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, avtomashinalarning avtoturargohda saqlanishini ta’minlaydi;

- kompaniya binosida evakuatsiya qilish tartibini ishlab chiqadi va uni ta’minlaydi.

 

Yuridik xizmat:

Qo'chqarov Abdusamat Xazratovich

Теl: 71 256 43 71 / 71 232 12 25   

- kompaniyaning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etadi;

- kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib boradi;

- kompaniyaning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtiradi;

- kompaniya xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etadi;

- shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, kompaniyaning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi;

- kompaniyada qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart- sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora- tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

- kompaniya rahbariyatiga taqdim qilinadigan hujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqligini ta’minlaydi ;

- kompaniyaning yuridik tusdagi hujjatlarni ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

- kompaniyada mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

- kompaniya xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;

- kompaniyaning norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;

- kompaniyaning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;

- ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ- Huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

- tizimli ravishda kompaniyaning tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;

- kompaniya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;

- kompaniya, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;

- shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

- tegishli tuzilmalar bilan birgalikda kompaniyaning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;

- shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

- kompaniyaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

- mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

- boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda kompaniyada mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi.

 

Strategik rejalashtirish va biznesni rivojlantirish boshqarmasi:

Adizov Akramjon Jumaboyevich

Теl: 71 233 24 56     

- bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining joriy va kelajakdagi istiqbollarini aniqlash, iqtisodiy me’yorlarini ishlab chiqish, rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichlarining bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, kompaniya «Biznes reja»sini ishlab chiqishni tashkillashtirish;

- kompaniya ijro etuvchi apparati tarkibiy tuzilmalari va uning tarkibidagi korxonalar bilan hamkorlikda tarmoqning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish, iqtisodiy tahlillar olib borish, tizim korxonalarida «Biznes reja»larning bajarilishini tahlil qilib borish;

- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mehnat va ishlovchilarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qarorlarini bajarilishi monitoringini olib borish, mehnatga haq to‘lashni takomillashgirish, moddiy va ma’naviy manfaatdorlik tizimini ish faoliyatining yakuniy natijalari bilan uyg‘unlashtirish, xodimlarni uzluksiz ishlagan davri, yillik moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha mukofotlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- kompaniya ijro etuvchi apparati shtatlar jadvalini ishlab chiqilishi, belgilangan tartibda tasdiqlanishi va uning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

- tizim korxonalarida kasanachilik ish o‘rinlari yaratish dasturlarining bajarilishini monitoringini olib borish, hamda ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

- kompaniya va uning tarkibidagi korxonalarda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishida ishtirok etish;

- boshqarma vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan tizim bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borish;

- uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyani ishlab chiqish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, lokalizatsiya dasturlarini ishlab chiqish;

- tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish;

- choraklar kesimida tizim korxonalar bo‘yicha moliya-iqtisodiy holatlar tahlil qilish.

- rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichlarining bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish;