Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Mamlakatimizning bosh maydonida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti O‘zbekiston tanlagan yo‘l – mustaqillik, tinchlik va taraqqiyot timsolidir. Ushbu monument teran ma’no-mazmuni, g‘oyaviy-badiiy yechimi bilan O‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini o‘zida ifoda etadi.
UzA
Бошка Mamlakat yangiliklari