"O`zdonmahsulot" AK

Eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlariga!










   «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalari tomonidan istisno tariqasida mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga eksport qilish sharti bilan birja savdolari orqali  bug‘doy sotilmoqda.
   Bug‘doy 2019 yil 1 sentabrgacha 1 tonnasining boshlang‘ich narxi qo‘shilgan qiymat solig‘isiz 1610000 so‘mdan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda 1932000 so‘mdan sotiladi.
   Tadbirkorlik sub’ektlariga «nol» darajali qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 7 aprelda 2775-son bilan ro‘yxatga olingan Nizomga asosan qaytarib beriladi.