"O`zdonmahsulot" AK

Boshoqli don ekinlarida zararkunandalar, kasaliklar va begona o‘tlarga qarshi kurashish bo‘yicha respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy zararkunanda kasalliklarini prognoz qilish va boshoqli don ekinlarida zararkunandalar, kasaliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash tabirlarini tizimli tashkil etish va bo‘yicha respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
G‘o‘za va g‘alla ekinlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish va sabzavot-poliz ekinlari kartoshka, bog‘lar va tokzorlar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish bo‘limalari mutaxasislari, ilmiy tadqiqot inistituti olimlari ishtirokida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda 2019 yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don ekinlarida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarga qarshi kurash hamda suspenziya sepish tadbirlari bo‘yicha tizim ishlab chiqish topshirig‘i berildi.
Zararli organizmlarga qarshi kurash ishlarini tashkil etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida, birinchi bosqichda qishloq xo‘jaligi ekinlarida zararli organizmlarning tarqalishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi bashorat (prognoz) ma’lumotlarining aniq va shaffofligini ta’minlash hamda tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llash asosiy yunalish qilib belgilandi.
Ushbu tadbirni amalga oshirish jarayonlari ketma-ketlik asosida olib borilib, dastlabki bosqichda zararli organizmlarning tarqalishi bashorat qilingan maydonlar xaritaga konturlar kesimida alohida geometorik shakllar bilan belgilanadi va tarqalishi kutilayotgan zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarning turlari bo‘yicha jadval to‘ldiriladi.
Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda to‘liq holatni o‘rganib, boshoqli don ekinlarida zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarni tarqalish bashoratlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushirilgan qishloq xo‘jaligi xaritasi shakllantirish bo‘yicha kelishib olindi.