"O`zdonmahsulot" AK

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim vazifa

Bizga ma’lumki, investitsiya loyihalari korxona taraqqiyoti, ishlab chiqarish samaradorligi hamda ish unumdorligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi “Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari” AJ da ham mazkur sohada bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, korxonada ishlab chiqarish quvvati kam, texnologik uskunalari eskirgan urug‘lik sexi o‘rniga yangi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan urug‘lik sexi qurib ishga tushirildi. Germaniyada ishlab chiqarilgan “PETKUS Technologie GmoH” texnologiyasi asosida qurib ishga tushirilgan mazkur sexda 2017 yil hosilidan qabul qilingan urug‘lik don mahsuloti 2018 yil hosil uchun aynan shu sexda ishlab chiqarildi.
Shu bilan bir qatorda korxonada yana bir loyiha amalga oshirilib bugungi kunda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Bir martalik poliprilen qop ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur loyiha ish unumdorligini oshishiga xizmat qilmoqda. Tayvan davlatining CO DAH INDUSTRY CO., LTD korxonasida ishlab chiqariladigan va bir marta ishlatiladigan poliprilen qop ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sex joriy yilning 1 iyunidan ishga tushdi.
Mazkur sexning ishlab chiqarish quvvati oyiga 500 ming dona, yiliga 6 million donani tashkil etadi. Korxona bugungi kunda samarali faoliyat yuritmoqda. Korxona mutasaddilari tomonidan kelgusida qop ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirishni, ularni kelgusida eksportga yo‘naltirishni va boshqa korxonalarga ham sotish ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati.