"O`zdonmahsulot" AK

“Sho‘rchidonmahsulotlari” AJ da “Yoshlar kuni” munosib nishonlandi

             Joriy yilda mamlakatimizda ilk bor nishonlangan «Yoshlar kuni» yurtimiz yoshlari chin ma'noda kutgan bayram bo‘ldi. Respublikamizning barcha hududlarida ushbu kun keng miqyosda nishonlanib, yoshlar uchun cheksiz quvonch baxsh etdi. 
             Jumladan, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi «Sho‘rchidonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati yoshlari uchun ham mazkur sana chinakam shodiyona tusini oldi. 
            Shu kuni korxona tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan yoshlarning 3 nafarini nikoh to‘ylari Sho‘rchi tumanidagi muhtasham to‘yxonalardan birida o‘tkazildi. Unda korxona raisi va ishchi xodimlari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman kengashi vakillari ishtirok etishdi. 
             Yig‘ilganlar tomonidan katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlarga iliq va samimiy tilaklar bildirildi hamda korxona raisi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi. 
             Tadbir davomida shuningdek, ishida va jamoatchilik ishlarida faollik ko‘rsatgan yosh xodimlarning bir guruhiga diplom va estalik sovg‘alari topshirildi. 
             Har qanday rag‘bat insonni yuksalishga harakatga chorlaydi. Ayniqsa, vujudi g‘ayrat, shijoat va g‘oya bilan to‘la bo‘lgan yoshlarni rag‘batlantirish ularni mehnat unumdorligini oshirishi shubxasiz. 
             Qayd etish joizki, 30-iyun «Yoshlar kuni» «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi boshqa korxonalarda ham munosib nishonlandi.




Axborot xizmati.