"O`zdonmahsulot" AK

Elektron tarozilar onlayn dasturi: qulay, tezkor, samarali

«O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish masalasida fermerlarga qulaylik yaratish masalasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda sinov tariqasida elektron tarozilar onlayn dasturi ishga tushirilib, kompaniya markaziy monitoring tizimiga ulangan edi. O‘zining samarali natijasini bergan mazkur dastur joriy yilda amaliyotga keng tatbiq etildi.
2018 yilgi g‘alla hosilini qabul qilish jarayonini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi tizim korxonalariga qarashli barcha Don qabul qilish maskanlariga mas'ul xodimlar biriktirilgan.
Viloyat va tumanlar kesimida monitoring markazi ma'lumot bazasi shakllantirildi hamda g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining ma'lumotlar smart kartalarga yuklanib fermerlarga yetkazib berildi. Smart kartalar fermerlarga g‘alla hosilini topshirishda qulaylik tug‘diryapti.
Respublikamizning barcha hududlarida g‘alla hosini yig‘im-terim jarayoni davom etmoqda.



Axborot xizmati.