"O`zdonmahsulot" AK

Tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

«Jomboydonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli don qabul qilish shahobchalarida joriy yilgi g‘alla hosili yig‘im terim mavsumiga puxta tayyorlanmoqda. Jumladan, Tayloq don qabul qilish va urug‘silik manzilgohida elevatorlar va mavjud yopiq sig‘imlar binolari, don ortish, tushirish, tozalash texnikalari, vagon va avtomobil tarozilarini sifatli ta'mirlash va davlat standarti ko‘rigidan o‘tkazish ishlari olib borildi.
Shuningdek, don qabul qilish maskanining yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiq, texnik jihatdan shay holatga keltirildi.
Mavsumda qatnashadigan mutaxassislar, ishchi va xizmatchilarni «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun va mehnat muhofazasi talablariga muvofiq qayta yo‘riqdan o‘tkazilib ularning malakasi oshirilishiga zamin yaratildi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish laboratoriyalardagi mavjud asbob-uskunalar xatlovdan o‘tkazilib va muddati o‘tgan hamda yetishmayotgan uskunalar bilan jihozlandi.
Korxonalar va ularga qarashli don qabul qilish shaxobchalarida obodonlashtirish va texnik bazani mustahkamlash ishlari davom etmoqda.




Axborot xizmati.