"O`zdonmahsulot" AK

Obodonlashtirish ishlari jadal kechmoqda

“O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarning don qabul qilish shaxobchalarining moddiy-texnika bazasini 2018 yil boshoqli don hosili va urug‘ligini qabul qilishga o‘z vaqtida sifatli tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda. “Toshkentdonmahsulotlari” AJga qarashli don qabul qilish shaxobchalarida Obodonlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Quyi Chirchiq tuman Ulug‘bek don qabul qilish shaxobchasida ham mavsum taraddudi qizg‘in yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan, elevatorlar va mavjud yopiq sig‘imlar binolari, don ortish, tushirish, tozalash texnikalari, vagon va avtomobil tarozilarini sifatli ta'mirlash va davlat standarti ko‘rigidan o‘tkazish ishlari samarali tashkil etilgan.
Shu bilan bir qatorda, mavsumda foydalaniladigan zarur texnikalarni joriy va kapital ta'mirlash va bo‘yalgan texnikalarni yopiq holatda saqlanishini ta'minlash borasida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tish lozimki, tizim korhonalariga qarashli don qabul qilish shaxobchalarida obodonlashtirish ishlari joriy yilning 1 may sanasiga qadar davom etadi va bugungi kunda jadal sa'y harakatlar olib borilmoqda.

Axborot xizmati.