"O`zdonmahsulot" AK

Mazali va foydali

Yurtimizda xalqimiz manfaati, yurtdoshlarimizning farovon, to‘kin-sochin umr kechirishlari, o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi eng dolzarb, eng ustivor vazifalardan biridir. Bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va foydali xususiyatlarini yanada oshirishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 7 iyundagi “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-251-sonli qaror asos bo‘lib xizmat qiladi. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibdagi tizim korxonalarining 52 ta tegirmonida 1-navli un tuliq hajmda vitamin-mineral aralashmalari bilan boyitilgan holda ishlab chiqarilmoqda.
Vitamin-mineral aralashmalarining tarkibini - Tiamin-V1, Riboflavin - V2, Nikotin kislotasi - RR, Foliy Kislotasi - Vs kabi vitaminlar, temir va rux kabi mikroelementlar tashkil etadi.
Bir tonna unga vitamin-aralashmalarini qo‘shish me'yori 120 grammni tashkil etadi. Unni boyitish uchun sarflanadigan premikslar loyihani amalga oshirish Hamkorlik Byurosi tomonidan keltiriladi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda 1141 ming tonna I navli boyitilgan un ishlab chiqarilgan. Bu esa, xalqimiz dasturxoniga taqdim etiladigan nonlarning nafaqat mazali, balki foydali ekanligini yaqqol tasdig‘idir.
Qayd etish lozimki, mamlakatimizda ulg‘ayib kamol topayotgan yosh avlod ertamiz egalari, porloq kelajagimiz davomchilari sanaladi. Aynan shuning uchun onalar va bolalar salomatligiga alohida e'tibor qaratish har qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan muhim vazifalardandir.

Axborot xizmati.