"O`zdonmahsulot" AK

Ayol - muhabbat va go‘zallik timsoli

Ayol - borliq ko‘zgusi. Uning go‘zalligi olamni charog‘on etadi, chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Shu bois, uni avaylab, asragan yurtning kelajagini porloq deb naql qilishadi. Shu ma'noda, buni O‘zbekistonimizga va uning biri-biridan latofatli, oqila o‘zbek ayollariga nisbat qilsak, xato bo‘lmaydi. Bu bejiz emas. Zero, onalarning, ayollarimizning baxti-oilalarimiz, xalqimiz, ona Vatanimizning baxti, saodatidir.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan munis va muhtaram ayollarimizning bahoriy ayyom munosabati bilan tabriklash, ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida kompaniya va tarkibdagi tizim korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a'zolari, mehnat faxriylari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Madaniyat saroyida bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirni kompaniya boshqaruv raisi o‘rinbosari E.Alimov ochib berib, eng samimiy iliq tilaklarni hurmat va e'zozga loyiq ayollarga bildirib o‘tdilar. Ta'kidlab o‘tilganidek, mamlakatimizda ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni va haq-huquqlari haqida faxr va iftixor bilan gapirish mumkin.
Darhaqiqat, mamlakatimiz taraqqiyotini, jamiyatimiz rivojini ayollarsiz, ularning faol ishtirokisiz tasavvur eta olmaymiz. Shu bois yurtimizda ayol huquqi, erkinligi, tengligi eng oliy, muqaddas qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, ayolga izzat-hurmat, e'zoz-ehtirom ko‘rsatish - millatga ehtirom ko‘rsatishning bosh omiliga aylandi.
Tadbirda eng faol tashabbuskor va shijoatli ayollar kompaniya rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. Bayram dasturi muhtaram ayollar qalbiga bahoriy kayfiyat baxsh etish maqsadida O‘zbek estradasining mashhur vakillari ishtirokidagi kotsertga ulanib ketdi. Unda yangragan xush taronalar va bayram chiqishlari yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida bayramga tashrif buyurgan barchaga sovg‘alar ulashildi.

Axborot xizmati.