"O`zdonmahsulot" AK

Buyuklar yodi qalblarda mangu

Shunday insonlar borki ular hech qachon o‘lmaydi. Insonlarning tilida dilida mangu barhayot yashaydi. Qilgan ezgu amallari, el koriga yarash ilinjida chekkan zahmatlari o‘z samarasini berib, avlodlar uchun ularning yodi abadiy bo‘lib qolaveradi...
Ozod va obod turmushimizning me'mori, Mustaqilligimizning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zbek xalqi qalbida o‘chmas iz qoldirib, qilgan ezgu amallari, xalqparvarligi fidoyiligi bilan o‘z nomini abadiyatga muhrlab ketdi. Juda og‘ir tahlikali vaziyatda mamlakatni istiqlolga yetakladi, yuksalish va taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam bosishga undadi. O‘z xalqiga, vatandoshlariga bo‘lgan cheksiz mehru-muhabbatini baralla aytdi va amalda qilgan islohotlari, ezgu saay-harakatlari bilan namoyish eta oldi.
Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib kutib olish, uning yorqin xotirasini yosh avlod qalbiga chuqur singdirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3404-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga asosan yurtimizda ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibdagi tizim korxonalarida xam Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, kompaniya ijro apparatida Islom Karimov muzeyi tashkil etildi. Unda Birinchi Prezidentimizning jamiyatimizning barcha jabhalarini qamrab olgan,chuqur tahlilga asoslangan noyob asarlari, qo‘llanmalar, kitoblar, albom va portretlar joy olgan.
Mazkur xonaga qadam qo‘ygan har bir inson Islom Karimovdek buyuk yo‘lboshchi, davlat arbobi, xalkini sevib buni baralla ayta olgan notiq, millatning kuyunchak farzandi yodi qalblardan aslo o‘chmas iz qoldirganligining, Birinchi prezidentimiz o‘zining durdona asarlari, Vatanimiz oldidagi yuksak xizmatlari bilan haykal o‘rnatib ketganligining yaqqol guvohi bo‘lishi mumkin. Uning bosib o‘tgan yo‘li, vatanparvarligi, el tinchligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari avlodlar va yoshlar uchun namuna, maktab vazifasini o‘taydi.
Kompaniya tarkibidagi tizim korxonalarida Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechalari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazildi.


Matbuot kotibi