"O`zdonmahsulot" AK

Yoshlar mutolaa zavqidan bahramand bo‘lmoqda

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibdagi tizim korxonalarida xodimlarning ma'naviy salohiyatini mustahkamlash va ma'rifatga oshno etish, ayniqsa yoshlarni kitob mutolaasi va kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida «Mutolaa xonasi» tashkil etildi.
Kitob ilm-u ziyo tarqatuvchi mabaa, ong-u tafakkurimizni ma'naviyat va ma'rifat bilan boyitib boruvchi xazina, dunyoni yanada yaxshiroq, teranroq anglab borishimizga ko‘maklashuvchi vosita. Bilimning,ilmu- shuurning chek-chegarasi yo‘q. Inson qanchalalik ko‘p o‘qib, o‘rgansa ma'rifatga intilsa, o‘zligini anglashi, dunyoga qiziqishi hamda atrofdagilarga naf keltirishga, yordam berishga intilishi shunchalar ko‘payib boradi.
Bilimdonlar so‘zi bordir bu bobda :
«Bilimdon go‘rda-yu, ilmi kitobda!»
Agar yolg‘iz esang, xamdam kitobdir,
Bilim subxidagi nur xam kitobdur.
Abduraxmon Jomiy
Darhaqiqat, donolarning purhikmat so‘zlarida olam-olam ma'no mujassam. Kitoblar orzu-istak tug‘diradi, uni xayotga chorlaydi, kishini fikrlashga majbur etadi, muhokamalarda mustakil bo‘lish qobiliyatini tarbiyalaydi.
Mazkur tadbir «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq tashkil etildi. Mutolaa xonasida tarixiy, ilmiy-sohaviy, huquqiy, badiiy va psixologik mazmundagi yuzdan ortiq kitoblar jamlandi. Shuningdek, elektron va audio kitoblar joy olgan «Elektron kutubxona» xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari kompaniya va tarkibdagi tizim korxonalaridagi mutolaa xonalarining kitob javonlarini yanada boyitish hamda yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida «Men o‘qigan kitob» aksiyasi o‘tkazildi. Ta'kidlash lozimki, kompaniya yoshlari o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq juda kuchli ekanligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi»da joriy yilning iyun-iyul oylarida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi va «Mushoira kechasi» tashkil etish hamda g‘oliblarni taqdirlash rejalashtirilgan.

Axborot xizmati