"O`zdonmahsulot" AK

“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida kompaniya tizim korxonalari tomonidan manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish davom etmoqda.

«Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi doirasida kompaniya tizim korxonalari tomonidan daraxt ko‘chatlari ekish  va ularni parvarish qilish ishlari keng miqyosda tashkil etildi.

Yashil hududlar insoniyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,  insonlarni tabiatda bo‘lishi hatto tabiat manzaralarini tomosha qilishi har bir kishiga zavq bag‘ishlaydi.

Tabiiy sharoitlar nafaqat ijobiy psixologik ta’sir ko‘rsatadi, balki jismoniy faollikni oshiradi.