"O`zdonmahsulot" AK

Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur

«Maktab bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak»
Shavkat Mirziyoev. 






Maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur.
Davlatimiz rahbari «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» degan tamoyilga asoslangan holda, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega. Kelajak avlodimiz taqdiri, butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog‘liq» ekanini ta’kidladi.
Ishchi xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi korxonalarda «Maktab bozori» nomli Aksiya tashkil etildi.
Aksiya doirasida korxonalarning Kasaba uyushmasi tomonidan barcha ishchi-xodimlarning maktab yoshidagi farzandlari uchun 10 turdagi o‘quv qurollari bepul tarqatildi.
«Namangan don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan ushbu aksiya, ishchi xizmatchilar va o‘quvchi yoshlarning quvonchiga quvonch qo‘shdi.


Axborot xizmati.