"O`zdonmahsulot" AK

2020 yilda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash


«O‘zdonmahsulot» AK axborot xizmati tomonidan 2020 yilning yanvar oyidan 2021 yilning yanvar oyiga qadar ommaviy axborot vositalari orqali bir qator targ‘ibot ishlari amalga oshirilib  kelinmoqda.

Kompaniya va tizimdagi korxonalar tomonidan elektr energiyasini tejash, yangi zamonaviy texnologiyalarni ishga tushirish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilib kelinayotgan ishlar, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, ularni ijtimoiy himoya qilish, yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar xususida, «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» va «Yangiliklar 24» dasturlari orqali muntazam ravishda 30 ga yaqin materiallar efirga uzatildi. Bundan tashqari MTRK hududiy telekanallari orqali viloyat don korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida muntazam ravishda axborot va reportajlar uzatib borildi.

Shu bilan bir qatorda «Yangi O‘zbekiston», «Xalq so‘zi», «O‘zbekiston ovozi», «Qishloq hayoti» va «Farovon yurt»  kabi bir qator bosma nashrlar orqali kompaniya faoliyatiga oid 30 ga yaqin ommabop maqola va materiallar e’lon qilindi.

Bundan tashqari, bugungi kunda ommabop bo‘lgan ko‘plab internet nashrlari kun.uz, daryo.uz, xabar.uz, podrobno.uz, uza.uz kabi internet nashrlari orqali maqola va materiallar uzatib borildi.

Kompaniyaning veb  sayti, veb resurslari va ijtimoiy saytlardagi sahifalari yordamida ham keng ma’lumot tarqatilib kelinmoqda.