"O`zdonmahsulot" AK

Buxoro va Surxandaryoda hosil mo‘l bo‘ldi

Respublikamizning barcha hududlarida 2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatda va sifatli yig‘ishtirib olish hamda davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini bajarish maqsadida g‘alla yig‘im terim mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
“O‘zdonmahsulot” Aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibidagi tizim korxonalariga qarashli don qabul qilish shaxobchalarida mavsum sifatli tashkil etilib, uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Natijada, Respublikamizning birqancha hududlarida davlat resurslariga g‘alla sotish bo‘yicha topshiriq rejasi yuqori ko‘rsatkichlar bilan bajarilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati Respublikada birinchilardan bulib tovar va urug‘lik don sotish buyicha topshiriq rejasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Viloyatning Vobkent, Peshko‘, G‘ijduvon, Buxoro, Romitan va Qorako‘l tumanlarida yuqori natijalar qayd etildi. Viloyatda Qorovulbozor tumani birinchilardan bo‘lib topshiriq rejasini bajarishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Surxandaryo viloyati g‘allakorlarining shijoati ham buxoroliklardan aslo qolishmadi. Viloyat g‘allani davlat resurslariga sotish bo‘yicha topshiriq rejasini bajarishda respublikada ikkinchi bo‘ldi. Viloyatning Termiz, Angor, Denov, Sherobod va Sariosiyo tumanlari yuqori ko‘rsatkichlar qayd etdi. Natijada Surxandaryo viloyati g‘allakorlari davlatga don sotish buyicha topshiriq rejasini ortig‘i bilan bajardilar.
Yurtimizning boshqa hududlarida g‘alla hosili yig‘im terim jarayoni yuqori sur'atlarda davom ettirilmoqda

Axborot xizmati.