"O`zdonmahsulot" AK

Mavsum qizg‘in davom etmoqda

Navoiy viloyati dehqonlari joriy yilda 40,6 ming gektar maydonda g‘alla parvarishladi.

Ayni kunlarda dalada o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Hozirga qadarQiziltepa, Karmana va Konimex tumanlari davlatga don sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi.

Viloyatda o‘rim-yig‘imga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, hosilni nest-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun 100 otryad tashkil etildi. O‘rimga jalb etilgan 100 ta kombayn ishtirokida bugungacha hosilning qariyb 90 foizi yig‘ishtirib olindi.

UzA